"Gvardiol o'z poziciyasida dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanish uchun hamma narsaga ega" - Ferdinand
23 dek 2022 14:26
Yangiliklar


"Gvardiol o'z poziciyasida dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanish uchun hamma narsaga ega" - Ferdinand
Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand xorvatiyalik Yoshko Gvardiolning JCH-2022dagi o'yini haqida fikr bildirdi.
Uning fikricha, futbolchi turnirdagi o'yini bilan ajralib turdi.
"Yoshko – Jahon chempionatidagi eng sevimli himoyachim. Argentina bilan o'yinda uni bir necha bor Messi itarib yubordi. Ammo kimga qarshi o'ynaganini o'ylab ko'rish kerak.
O'ylashimcha, Gvardiol Jahon chempionatidagi o'yini bilan ajralib turdi. U o'z poziciyasida dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanish uchun hamma narsaga ega", – dedi Ferdinand.
Xorvatiya terma jamoasi JCH-2022da uchinchi o'rinni egalladi. 20 yoshli futbolchi turnirda 7 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar