G'ulom Haydar Gulyamov: "AGMKga urgan golimni qizimga bag'ishlayman"
12 mar 2022 16:29
Yangiliklar
G'ulom Haydar Gulyamov: "AGMKga urgan golimni qizimga bag'ishlayman"
Jamoaning tajribali futbolchisi G'ulom Haydar Gulyamov ushbu oqshomda olmaliqliklar darvozasiga chiroyli to'p kiritdi. Mazkur gol amalda o'yinda burilish yasadi, deya olamiz. Bahs yakunlangach yarim himoyachining fikrlari bilan qiziqdik.
"Uchrashuvdan oldin ko'pchilik raqib jamoaning imkoniyatlarini yuqori baholagandi. Lekin ko'ryapsizki, mavsum startida kutilmagan natijalar kuzatilmoqda. Keyinchalik jamoalar o'z o'rnini topib olishi mumkin. AGMK bilan o'yinga kelsak, ikki jamoa bir-biriga qarshi munosib to'p tepdi. Tomoshabinlar zerikib qolishmadi. Kimdir katta ustunlikka ega bo'lgani yo'q. AGMK futbolchilari bizga nisbatan keskinlik ko'proq yaratdi.
Uzoqdan gol urish murabbiy tomonidan aynan bir futbolchiga aytilmaydi. Buni vaziyat taqozo qildi. Aslida himoyaga ko'proq yordam berganim uchun bunday vaziyatlar kam bo'ladi. Golimni kichkina qizimga bag'ishlayman",- deydi G'ulom Haydar Gulyamov.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
Fikrlar