So’nggi yangiliklar

01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  0 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  12 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  234 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  3 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7

"Guliston" - "Qo'qon 1912" uchrashuvida to'rtta penalti belgilandi Yangiliklar

"Guliston" - "Qo'qon 1912" uchrashuvida to'rtta penalti belgilandi

Avval xabar berib o'tganimizdek, Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari 29 iyul kuni Qibray tumanidagi “Do'rmon” stadionida birinchilik vakili, oliy liga yo'llanmalari uchun kurash olib borayotgan “Qo'qon 1912” jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi.

Garchi, uchrashuv gulistonliklar tomonida bo'lishiga qaramasdan qo'qonliklar birinchi bo'lib hisobni ochishdi. 7-daqiqada Aziz To'xtaboev penaltidan unumli foydalandi - 0:1. SHundan keyin hujumga zo'r bergan B.Ashurmatov jamoasi 15-daqiqaga kelib muvozanatni tiklashdi. Bu pallada Sergey Rekun chamasi 12 metrlardan Aziz Ashurovni dog'da qoldirdi – 1:1. 22-daqiqada qo'qonlik himoyachi Xurshid Uzoqboev jamoamiz himoyachisi Bobur Akbarovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam Olimjon To'ychiboev “Qo'qon-1912” darvozasiga penalti belgiladi. Jarima zarbasini sardorimiz Xurshid Yo'ldoshev aniq amalga oshirdi – 2:1. Tanaffusdan keyin ham “Guliston” futbolchilari o'yin tizginini o'z qo'llarida ushlab turishdi va raqib darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni sodir etishdi. Biroq yakunlovchi zarbani yo'llashda sirdaryoliklarga aniqlik etishmadi. 53-daqiqada jamoamiz mashg'ulotlarida qatnashayotgan SHukur Jumaboev ajoyib tarzda Aziz Ashurov darvozasini aniq nishonga oldi – 3:1. 82-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirgan Aziz To'xtaboev o'z dublini rasmiylashtirdi. Takidlash joizki, bosh hakam Olimjon To'ychiboev maydonda hjamoamarakat qilgan raqiblar darvozasiga ikkitadan – jami to'rtta (!) penalti ko'rsatdi. 


"Guliston" - “Qo'qon 1912” – 3:2 (2:1). Do'rmon.
Hakamlar:
Olim To'ychiboev, Nabijon Ro'zimov, Timur Galeev.
“Guliston”: 1.Ilxom Jumanov, 3.Akbar Satttaev, 18.Bobur Akbarov, 22.Toxir SHamshitdinov, 23.Sarvar Jo'raev, 28.Ilyas Xayrov, 25.Elyor Jaxonov,7.Rabbim Xasanov, 9. Xurshid Yo'ldoshev, 15.Sergey Rekun, 27.Konstantin Boev.
Zaxiradan tushganlar: Doniyor Usmonov, G'anisher Samandarov, SHukur Jumaboev, Dilshod SHukurov, Nodir Teshaboev, Jasur Otajonov, Zafar Qoraqulov, Mirjalol Qurbonov, Rustam Qodirov, Habibullo Buvataev, Sanjar Baratov, Dilmuhammad Xudoyberdiev.

“Qo'qon 1912”: Aziz Ashurov, Aziz Yoqubov, Aleksandr Kritinin, Xurshid Uzoqboev, Muxsin Nizomiddinov, Raxmatillo Meliboev, Laziz Safoev, Baxodir Akramov, Davlat Yorbekov, Aziz To'xtaboev, Ahmadjon Raimjonov.
Zaxiradan tushganlar: Andrey Baklanov, Aziz Madaliev, Ali Yo'ldoshev, Rustam Abduhamidov, Abdulla Mirzaev.

Gollar: Sergey Rekun (15), Xurshid Yo'ldoshev (22-pen.), SHukur Jumaboev (53) --Aziz To'xtaboev (11, 82, ikkalasini ham pen.).
Amalga oshirilmagan penalti: Xurshid Yo'ldoshev (30).
CHetlatish: J.Otajonov (63) – A.Yo'ldoshev (63)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика