So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  0 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  148 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  44 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  13 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  18 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  14

Grigoriy Kolosovskiy: "Men sizlarga bir sirni ochaman..." Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Men sizlarga bir sirni ochaman..."

"Paxtakor" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy "SHo'rtan"ga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- O'yin qiyin sharoitda o'tdi. Kuchli yomg'ir maydon holatiga tasir ko'rsatdi. "Paxtakor"ning eng oqsayotgan tarafi - yaratilayotgan vaziyatlardan samarali foydalanish. Bu og'riqli nuqtamiz bugun ham davom etdi. Ko'plab imkoniyatlardan gol ura olmadik. Birgina Masharipovning o'zi bemalol to'rtta gol urishi mumkin edi.
O'yin masalasini dastlabki 15 daqiqani ichida hal etib qo'yishimiz uchun vaziyatlar etarlicha bo'lgandi.
Havo nozikligiga qaramasdan stadionga kelib jamoani qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga katta rahmat aytaman.

Keyin shuni alohida qayd etib o'tmoqchimanki, meni ishimga faqatgina klub rahbariyati baho beradi. Qolganlar meni ishimni muhokama qilishlari yoqimsiz holat.

Men jamoa ruliga o'tirganimdan keyin o'tkazilgan uchrashuvlardan faqat ikkitasida men ko'rsatgan o'yinimizdan uyalaman. Bu "SHo'rtan"ga qarshi G'uzorga bo'lgan bahs va "Metallurg"dagi bellashuv.

Men sizlarga bir sirni ochaman. G'uzordagi birinchi davra o'yinidagi mag'lubiyatdan so'ng uchrashuvda ishtirok etgan va tarkibga kiritilgan barcha futbolchilarni katta miqdorda jarimaga tortgandik. Yani ular murabbiylar ko'rsatmasini bajara olishmagandi. Bekobodda ham kutilgan o'yinni qila olmagandik.

Qolgan bahslarda esa jamoamiz munosib o'ynab, qo'llaridan kelgan barcha ishni amalga oshirishgan. Boshqa o'yinlar bo'yicha ularga ortiqcha etiroz yo'q.

Jasur Yaxshiboev va Nurulloev bugun asosiy tarkib futbolchilari bilan o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishdi. Ular yomon taassurot qoldirishmadi. Ammo unutmaslik kerak, bu ikki futbolchilar yangi darajadagi yuqori tezlikda o'tadigan katta futbolda endi o'ynashdi. Katta futbol havosi baribir boshqacha. Men bu ikki futbolchilarga nisbatan yosh degan so'zni ishlatmagan bo'lardim. Bu futbolchilarning yoshligi qolgani yo'q. SHunchaki katta futbol havosiga o'rganib olishlari uchun ularga vaqt kerak bo'ladi.

Davron Hoshimov nega o'ynamadi? Davron terma jamoa futbolchisi sanaladi. Unda kichik jarohat bor edi. SHu bois terma jamoaning muhim o'yini oldidan unga biroz dam berishga qaror qildik.

Joriy yilda chempionatimizdagi eng kuchli futbolchi kim? Bu savolga oliy liga o'yinlari rasman tugaganidan so'ng javob bergan maqul. Hali yana ikkita tur uchrashuvlar bor va bu savolga chempionat yakunlanganidan keyin alohida to'xtalamiz.

"Paxtakor" safida bu yili Akbar Ismatullaev, Stanislav Andreev, Kamoliddin Tojievlarning o'yinlarini alohida takidlagan bo'lardim. Kamoliddin Tojiev nafaqat maydondagi etakchi, balki bu futbolchi jamoaning tashqaridagi ham etakchisi sanaladi.

Men hujumchilarimizdan hech qaysini o'yinidan qoniqmadim. Ular biz kutgan o'yinni va samaradorlikni ko'rsatib bera olishmadi. Bizga yuqori saviyadagi hujumchi kerak.

Igor Sergeev jamoani tark etgach vaziyatlarni golga aylantirish muammoga aylandi. Birinchi davradan so'ng Sergeev to'purarlar poygasida etakchilik qilayotgandi. Sergeev ketganidan keyin 3 ta tur o'tib ham to'purarlar ro'yxatida Sergeev peshqadam sifatida turgandi. Bu jihat ham Sergeevning qanday hujumchi ekanligini isbotlab turibdi.

CHempion "Paxtakor"ning tarkibidan mavsum oldidan Lobanov, Maxaradze, Sergeev, Krimec, Merzlyakov singari etakchi futbolchilar ketishgandi. Bu esa o'z navbatida jamoaning o'yinlariga, xususan natijalariga o'z tasirini ko'rsatdi.

Igo Sergeev jamoaga qaytadimi? Bilmadim. Hozircha Sergeev Xitoy chempionatida ko'p gol urgani yo'q. Lekin biz Sergeev qaytsa xursand bo'lardik. Terma jamoaga ko'proq foyda keltirish maqsadida Sergeev kuchliroq bo'lgan Xitoy chempionatiga yo'l olgandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика