So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  4 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  12 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  8 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  23 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  73 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Nematillo Quttiboev: "Arislan Yusupbaev va Azamjon Alievlarda jarohat bor" Yangiliklar

Nematillo Quttiboev: "Arislan Yusupbaev va Azamjon Alievlarda jarohat bor"

Proliganing 8-turidan o'rin olgan "FarDU" - "Aral" (0:1) uchrashuvidan mehmonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. "FarDU" jamoasi o'tgan turda "Lokomotiv" bilan juda yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Jiddiy tayyorlandik, o'zingiz guvoh bo'ldingiz, uchrashuv asabiy kechdi. Shunday bo'lsa ham g'alabaga erishdik, yigitlarga raxmat aytaman.

- Jamoaning tajribali futbolchisi Azamjon Aliev bugungi o'yin qaydnomasidan o'rin olmadi. Shuningdek, yosh futbolchi Arislan Yusupbaev ham so'ngi vaqtlarda ko'rinmay qoldi. Shular haqida izoh bersangiz?

- Arislan Yusupbaev biz bilan yig'inlarda ishtirok etmadi, bel qismidan jarohat olgan. Hozir tibbiy muolajalarni olayapti, yaqin kunlarda safimizga qaytib qolishi kerak. Azamjon Aliev o'tgan turdagi o'yinda jarohat olgandi, 10-15 kundan so'ng mashg'ulotlarga kirishadi.

- Jamoa uy uchrashuvlarini suniy maydonda o'tkazadi. Safardagi o'yinlar esa tabiiy maydonda kechadi. Bu siz va futbolchilar uchun qanchalik qiyinchilik tug'diradi?

- Albatta oson emas, buni alohida aytib o'tirish shart emas. Suniy maydon qattiqroq, tabiiy maydon yumshoqroq. Baribir har qanday holatga tayyor turishimiz kerak, safar o'yinlarimizda ham yigitlar raqib qolishayotgani yo'q.

- Mavsumoldi intervyularingizdan birida Proligada xavfli raqiblar qatoriga "Olimpik MobiUZ"ni kiritgandingiz. Kutilganidek, bu jamoa jadvalda chempionat peshqadamlari safida bormoqda. Shu haqida nima deya olasiz?

- Bu jamoa o'tgan mavsumda ham hech bir jamoadan qolishmay o'ynagan. Yosh yigitlar, ular o'yindan o'yinga kuchayib boraveradi. O'z yosh toifasida eng yaxshilar jamoa tarkibiga jalb etilgan. Murabbiylar shtabida ham kuchli mutaxassislar jam bo'lgan.

- Bugungi o'yindagi maydon holati, shuningdek "FarDU" klubi haqida fikringiz?

- Maydon holati zo'r. O'tgan yili "Qo'qon-1912" bilan ham o'ynaganmiz, o'shandayoq eng yaxshi maydonlardan biri ekaniga guvoh bo'lganmiz. "FarDU" jamoasi haqida aytadigan bo'lsam, bu jamoa Pro-ligada ilk bor ishtirok etayapti. O'yinlar davomida tajriba to'plab, kuchayib boradi. Jamoaga keyingi turlarda omad tilayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика