So’nggi yangiliklar

20:35ПСЖ Jordan брендидан янги либослар тўпламини тақдим этди  0 20:11Араухонинг "Барселона"даги келажаги маълум  1 19:51"Нефтчи" назорат баҳсида Сербия клубини мағлуб этди, Искандеровдан гол  8 19:30Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон Кувайт дарвозасига 5та тўп киритди  1 19:18Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев "Манчестер Сити" клуби хўжайини билан учрашди  7 18:42"Бразилия ЖЧ-2026да Неймар учун ўйнамаса, чемпион бўла олмайди"  4 17:59Романо: "Манчестер Сити"нинг янги хариди бугун Англияга учиб боради  8 17:16Отабек Умаров ва Равшан Эрматов Миллий футбол марказидаги қурилиш жараёнини кўздан кечирди  6 16:55Суперлигага қайтган "Қўқон-1912" назорат баҳсида кумуш медал соҳиби ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди  8 16:28"Динамо" БААга учиб кетди. Абрамов шогирдлари ЖАР, БАА, Россия ва Хитой клубларига қарши ўйнайди  2 16:05"Африкада бир бўлак нон учун ҳар куни эрталаб 20 миль масофани босиб ўтадиган инсонлар бор"  5 15:22"Пахтакор" Туркия йиғини доирасида Чехия клубига мағлуб бўлди  14 15:00Ўзбекистон МТЖнинг Иорданияга қарши ўйини бошланиш вақти маълум  5 14:33Тен Хаг Топ-5га қайтиши мумкин  5 13:48"Манчестер Сити"нинг аҳволи яхши эмас  22

Greciya - Kot-d`Ivuar 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

Greciya - Kot-d`Ivuar 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA

JCH-2014 doirasidagi Greciya - Kot-d`Ivuar uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
GRECIYA - KOT-D'IVUAR  2:1
01:00. Fortaleza. "Kastalan" stadioni.
Bosh hakam
: Karlos Vera (Ekvador).

Gollar: Samaris 42, Samaras 90+1 penalti - Boni 72

Greciya: Karnezis (Glikos, 24), Manyatis, Manolas, Samaras, Kone (Samaris, 12), Karaguni (Gekas, 80)s, Salpingidis, Torosidis, Lazaros, Sokratis, CHolevas.

Kot-d`Ivuar:
Barri, Boka, Kolo Ture, Kalu, Tiote (Boni, 60), Jervino (Jovanni Syu 84), Drogba (Diamond, 78), Ore, Yaya Ture, Serey, Bamba.

Ogohlantirishlar: Drogba 35, Kalu 62, Serey Di 70.
 
                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                     
YANGILASH


- Bizni kuzatib borgan barcha barchaga rahmat aytamiz! Sizlar borsizlar biz bormiz! Borligingizga shukr! Doim g'alaba yor bo'lsin!

90+2. O'YIN TUGADI! Greklar so'nggi soniyalarda g'alabaga erishib keyingi bosqichga yo'llanma oldi!

90+1. Nuqtadan Samaras unumli foydalandi va Greciyani oldingi olib chiqdi - 2:1.

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL !!!!  SAMARASSSSSSSSSS! BUGUN U SARMASTTTTTTTT!

90. Samaras raqib jarima maydoni ichida to'pni tepishga urindi, uning ortida turgan So hujumchining oyog'idan chaldi. Hakam hushtagini chaldi

90. OPPPPPPPPPPPPPPAAAAAAAAA! PENALTI!!!! Greciya ishlab oldi!

89. Kolumbiya istaganicha gol urmoqda, Yaponiyadan ochiq eshiklar kuni! 4:1.


87. XAVFLI VAZIYAT! O'ng qanotdan oshirilgan to'pni hech bir sherigi tushunmadi

85. Afrikaliklar burchak to'piga ega bo'lishdi, Xolebasning zarbasi xavfli chiqdi.

84. O'zgarish. Kot-d`Ivuar.
Jervino o'rniga Jovanni Syu tushdi

83. Nargi o'yinda Kolumbiya uchinchi golni urdi. Yaponlarga endi hatto Jumong ham yordam bera olmaydi.

78. O'zgarish.  Kot-d`Ivuar.
Drogba o'rniga Diamant tushshdi

76. O'zgarish. Greciya.
Karagunis o'rniga Gekas tushdi

K73. CHap qanotdan Jervino tomonidan oshirib berilgan to'pni Boni darvozaga to'p kiritdi - 1:1. CHal omonyorni)

73. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL, BONI!!!!

72.
Xavfli vaziyat! Brachk to'pidan so'ng Bamba bosh bilan darovzaga zarba berdi, biroz noaniq!

70. Ogohlantirish. Kot-d`Ivuar .
Serey Di

69.
Afrikaliklar hujumga o'tishdi, Boni to'pni tepaman deb Salpingidisni tepib yubordi

68. DIBIDISHSHSH! 37 yoshli Karagunisning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi!

66.
Afrikaliklar bosh murabbiyi Sabri Lyamushi ozgina sabr qila olmayapti.

65.
Greciya ajoyib o'ynamoqda, ikki hujumchi raqibning 5 nafar himoyachisini yosh bola qilib yuribdi

63.
Jonli devor to'pni qaytardi, Toroisdisning zarbasi ancha noaniq ketdi

62. Ogohlantirish. Kot-d`Ivuar. Salomon Kalu
ga darvozabon birga birga bir vaziyatga chiqib ketayotgan Salpingidisni yiqitgani uchun

60. O'zgarish. Kot-d`Ivuar.
Tiote o'rniga Vilfrid Boni tushdi

57. ZARBAAAAAAAAAA! BARRIIIIII! BALLIIIIIIII! Salpingidis jarima maydoni tashqarisidan darvoza sari kuchli va aniq zarba berdi, to'pni Barri qaytardi!

55. Narigi o'yinda Kolumbiya yana oldinga chiqib oldi.

53. QOYIIIIIIIIIIIL!
Lazaros raqibni ortda qoldirib birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi, biroz noaniq!

50. ZARBAAAAAAAAAAAAA! TIOTE!! CHap oyoq bilan yo'llangan kuchli va aniq zarbadan so'ng to'pni Glikos egallab oldi! 

48. Xavfli vaziyat!
O'ng qanotdan to'p jarima maydoni ichiga oshirildi, darvozabon to'pga intildi, unga to'pni ili olishda Drogba xalal berdi. Hakam hushtak chalib hujumchini nohaq deb topdi

46.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+4. Birinchi bo'lim tugadi. Oldinda 15 daqiqalik tanaffus, keyin (raqsni) translyaciyani davom ettiramiz

45. Narigi o'yinda hisob tenglashdi. Yaponiya gol urdi! Japon japon deysin, mana senga japon!

45. Bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
Sababi greciyalik posbonga ancha vaqt tibbiy yordam ko'rsatildi. O'zgarishlar bo'ldi

44.
Yaya Ture akasining xatosini tuzatish uchun oldinga bordi va uch nafar futbolchini aldab darvozaga zarba berdi, to'p himoyachiga tegib tezligi pasaydi va posbon uni ushlab oldi

42. XABIB KOLO TUREga salomlar! to'pni orqaga oshirishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. To'pni olib qo'ygan Andres Samaris darvozani ishg'ol qildi - 1:0. To'ylar muborak o'rtolar...

42. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. SAMARIS!!!

41.
Bo'limni oxirigacha ko'rmay uxlashga ketayotganlarga yaxshi boringlar deymiz. Lekin ikkinchi bo'limda gol bo'ladi

40.
Jervino-Kalu kombinaciyasi oxiriga etmadi.

37.
Bosh hakam Drogbani tanimidi shekilli, "Abdullaman, Abdullaaaaaaaa" devordi Drogba

36. Ogohlantirish. Kot D'Ivuar.
Dide Drogba

35.
BARRI! Jarima maydoni ichidagi raqib hujumchisiga "BORREY" dedida to'pni qaytardi

35.
Afrikaliklar tezroq qarshi hujumlarni tashkil etishmoqda, ammo so'nggi to'p uzatish noaniq chiqmoqda

33. Greklar jarima to'piga ega bo'lishdi, Karagunisning kuchli zarbasidan so'ng to'p jonli devor orasidan o'tib ketdi. Ammo Bubakar Barri to'pni ushalb oldi!

32. BABAAAAAAAAM! Xolebasning jarima maydoni chizig'i ustidan darvozaga zarba berdi! To'p to'singa tegib qaaytdi!

28. Bizni o'qiyotlarga diqqatiga: Telefonda OPERA brauzeri emas boshqa brauzerdan kirib ko'ringlar


27. Ivuarliklarning muxlisalari stadionning o'zida bayramni boshlab yuborishdi, xuddi challarida o'ynayotganga o'xshashashdi

24. Vay stadionda to'lqin bo'lgan ekanku biz bilmay qolibmiz, To'lqin akaga salomlar yo'llab qolaman. Ertaga ko'rishganda yaxshilab ko'rishadilar

23. O'zgarish. Greciya. Karnezis o'rniga Glikos tushdi, posbonlar almashishdi

22. VUHHHHHHHHH! Yaya Ture va Drogba oldinga o'tishdi, Turening pasi biroz noaniq ketdi va Drogba to'pni maydonda olib qololmadi

21. Uyqusi kelayotganlar diqqatiga! Uyquni tutib Afrosiyob poezdiga o'tqazvoringlar, hozircha kerakmas.

16. Bizdagi tanaffus Greciya posboni Karnezisning belgidagi og'riqlar tufayli amalga oshirildi. Posbonga shifokorlar yordam ko'rsatishdi va o'yin davom etadi. Maydon chetida zaxira posboni ham mashg'ulotlarni boshlab yubordi, har ehtimolga qarshi

15. Bizda kichik tanffus, narigi o'yinda esa kolumbiyaliklar raqsga tushishmoqda... demak hisob ochilgan. Raqsniyam qiyvorishdi lekin! Oma qoyil, ajoyib)

14. Bubakar Barri!! To'pni  Salpingidisning oyoqlari orasidan olib qo'yishga qo'rqmadi, hayiqmadi, hayt dedi - hujumchingayam dedi, stadioningayam dedi...

13. Yaya Ture o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Drogba to'p uchun harakat qildi. Biroq unga birinchi bo'lim Karnezis ega chiqdi

12. O'zgarish. Greciya.
Kone o'rniga Samaris tushdi

11.
Biroq futbolchi o'yinni davom ettira olmas ekan

10. Panayotis Kone maydonga o'tirib oldi, shifokorlar unga yordam berishmoqda.
Ularning aytishicha to'ygacha bitib ketar ekan

8. Xavfli vaziyat!
Jervino o'ng qanotdan oldinga o'tdi, Manolas to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pidan so'ng himoyachilar xavfni bartaraf etishdi

6. Jervino qanotdan oldinga o'tdi va sheriklariga to'pni oshira olmadi. To'pni qizg'ondi.
Seni qizg'onaman, bahorda kuzdaaaa...

5.
Greciya jarima to'piga ega bo'ldi, Drogba himoyachilarga yordamga kelib to'pni qaytarib yubordi.

4.
Ikkala jamoa vakillari bir martadan to'pni qanotdan jarima maydoniga uzatishdi, bu vaziyatlar xavfli ko'rinish olmadi.

3.
Narigi xonada SHahboz javlon urib mehnat qilmoqda. U erda Yaponiya va Kolumbiya jamoalari bellashishmoqda.

2.
Uxlay olmayapsizmi? Ertaga muhim ishlar bormi? Hozir futbol ko'ring, ertaga ishlaringiz besh bo'ladi. Ishoning! Barchasiga ulgurasiz.

1.O'YIN BOSHLANDI!


- Uchrashuvni yashil rangli formada o'ynaydigan ivuarliklar boshlab berishadi. Greklar esa oq libosda o'ynashadi.

- Ikkala davlat madhiyalari yangrab o'tdi.

- O'yin tugaguniga qadar xizmatingizda Narzulla Saydullaev bo'ladi. Faqat achchiq choy yoki salat olib kel demanglar. Unaqa xizmatda emasmiz)

- Yana bir bor barchaga salomlar! Mundial davom etadi, yarim tun bo'lsa ham uxlamay o'tirganlarga qaynoq emas muzdekkina salom!

- O'yin soat 01:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика