Gnabri "Gerta"ga qarshi o'yinda tirnog'ini qora rangga bo'yagani ayon bo'ldi, bu moda emas
26 jan 2022 21:16
Yangiliklar
Gnabri "Gerta"ga qarshi o'yinda tirnog'ini qora rangga bo'yagani ayon bo'ldi, bu moda emas
"Bavariya"ning "Gerta"ga qarshi o'yinidan keyin ko'pchilik myunxenlik yarim himoyachi Serj Gnabri qora rangga bo'yalgan tirnoq bilan o'ynaganini payqashdi.
Manbaning yozishicha, bu shunchaki "moda" emas, balki muhim ramz hisoblanadi. Qora tirnoq bolalarga nisbatan zo'ravonlik haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan "Polished Man" kompaniyasining bir qismi sanaladi. Faqat bitta tirnoqning bo'yalganligi esa dahshatli statistikaga ishora qiladi: dunyoda o'rtacha hisobda 18 yoshgacha bo'lgan har beshinchi bola jismoniy yoki jinsiy zo'ravonlikka uchraydi.
Akciyada Gnabridan tashqari aktyor Kris Xemsfort, Zak Efron va boshqa mashhur shaxslar ham ishtirok etishdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar