Gnabri "Bavariya" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti
05 fev 2022 21:21
Yangiliklar
Gnabri "Bavariya" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti
"Bavariya" yarim himoyachisi Serj Gnabri jamoa bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti.
Jurnalist Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi Myunxen jamoasida qolishni istaydi, biroq taklif qilingan moliyaviy shartlar uni qoniqtirmayapti. Nemis futbolchisi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga taxminan 15 million evro ishlab olmoqchi.
Manba, shuningdek, yarim himoyachiga "Real Madrid", "Barselona", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berdi.
Gnabrining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 27 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar