So’nggi yangiliklar

03:00Евро-2024 1/8 финал. Германия - Дания 2:0, "VAR" учта голни бекор қилди  0 02:20Евро-2024. Чорак финал йўлида чақмоқ ҳам Германияни тўхтата олмади!  40 01:38Расман: "Марсель" Де Зерби билан 3 йиллик шартнома имзолади  1 01:03Ламин Ямаль 250 миллион еврога сотилиши мумкин?!  5 00:45Евро-2024 1/8 финал. Швейцария - Италия 2:0, Спаллетти ҳам, Скамакка ҳам хеч нарса қила олишмади.  0 00:24Гол ва ассист қайд этган Варгас Швейцария – Италия баҳсининг энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 23:24ҚПЛ. "Қайрат" "Астана" устидан иродали ғалабага эришди, Йўлдошев эса...  2 23:16ҚПЛ. "Ордабаси" камбэк қайд этди ва турнир жадвалида якка пешқадамга айланди. Яхшибоевдан гол!  0 22:53Евро-2024. Швейцария амалдаги чемпионни мағлуб этиб, дастлабки чорак финалчига айланди  61 22:41"Бетис" "Бавария" собиқ футболчисини харид қилди  0 22:08МЮ "Бавария" футболчиси билан музокараларни бошлади  1 21:41"Барселона" 23 ёшли футболчисини текинга қўйиб юборди  0 21:11"Интер" ва "Манчестер Сити" собиқ ҳужумчиси Саудия лигасига йўл олиши мумкин  1 20:31Карвахаль: "Реал"дан сўнг ҳеч бир Европа клубига ўтмасликка кафолат бераман"  13 19:42Уилсон Раж Перумал: "Эрон ва Ўзбекистон терма жамоалари мундиалга йўл олишади. Иордания Ироқдан кучлироқ. Саудия эса плей-офф орқали ЖЧга йўл олади  6

G'iyos Komilov: "Navbahor"dan "Qo'qon-1912"ga o'tishimga bitta sabab bor edi" Yangiliklar

G'iyos Komilov: "Navbahor"dan "Qo'qon-1912"ga o'tishimga bitta sabab bor edi"

Tajribali himoyachi G'iyos Komilov 2017 yilni Namanganning "Navbahor" klubida o'tkazdi.

U bir mavsumning o'zida ishonchli o'yinlari orqali "lochinlar" muxlislarining yoqimtoyiga aylandi. 25ta uchrashuvda maydonga tushib raqib darvozasiga ikki bor to'p kiritgan bo'ydor himoyachi yangi mavsum arafasida vodiyning boshqa bir klubi "Qo'qon-1912" bilan shartnoma tuzdi. Biz himoyachi bilan o'tgan hamda yangi mavsum haqida suhbatlashdik.

- O'tgan mavsum haqida fikrlaringiz muxlislarga qiziq.

- 2017 yilgi mavsumda men o'zim tug'ilib katta bo'lgan Namanganning "Navbahor" klubi sharafini himoya qildim. Mavsum ajoyib o'tdi. Bir qator g'alabalarga erishdik. Eng quvontirgani esa Namangandagi hech bir uchrashuvda raqibga yutqazmadik.

- Bir yil davomida o'ynagan "Navbahor" klubidan siz uchun qanday xotiralar qoldi?

- Juda iliq taassurotlar qoldi. Jamoa bilan juda ham inoq bo'ldik. Xuddi ancha yilladan beri birgadekmiz. SHu fursatdan foydalanib "Navbahor" jamoasidagi barchaga, viloyat hokimi Xayrullo Hayitboyevichga rahmat aytaman. SHu insonga o'xshagan sportga etibor beradigan, sportni sevadigan yoshlarga etibor beradigan insonlar ko'payishini tilab qolardim.


- "Navbahor" oldiga yangi mavsumda 3-o'rinni olish vazifasi quyildi. Nima deb o'ylaysiz sobiq klubingiz bunga erisha oladimi?

- Tarkibda kuchli futbolchilar bor. Ularga bu borada omad tilayman.

- Namanganlik muxlislar haqida qanday fikrdasiz?

- "Navbahor" muxlislariga ham katta rahmat aytaman. Ularni hurmat qilaman, stadiondagi ajoyib muhitni sog'inaman. Albatta ular bilan hali yana ko'rishamiz. Barcha o'zbek futbolidagi jamolarga, futbolchilarga omad tilab qolaman.

- Sizningcha "Navbahor"da o'tgan mavsumning eng yaxshi uch futbolchisi kimlar bo'ldi?

- Barcha futbolchilar yaxshi o'ynashdi. Ulardan faqat uch nafarini aytish kerak bo'lsa Aziz Turg'unboev, Oston O'runov va Azam Aliev.

- Qishda siz xorijga ham ketishingiz mumkin edi. Nima uchun legionerga aylanmadingiz?

- To'g'ri, qishda xorij klublaridan birida ko'rikdan o'tdim. Ammo ayrim sabablarga ko'ra bu jamoa bilan kelisha olmadim.

- "Qo'qon-1912"ga o'tishingizga sabab bo'lgan eng asosiy jihat qaysi?

- Qo'qon jamoasiga kelishimning sababi bitta - No'mon Hasanov bilan birga ishlash niyatim bor edi. Xudo xohlasa yangi klubimning g'alabalariga xissa qo'shishga harakat qilaman.

- Ayni paytda O'zbekistonning eng kuchli markaziy himoyachilari kimlar?

- Yurtimizda kuchli markaziy himoyachilar ko'p. Masalan Islom To'xtaxo'jaev, SHerzod Azamov va jamoadoshim Murod Xolmuhammedov.

- Jahonning eng kuchli markaziy himoyachilari-chi?

- Hozir eng kuchlisi Serxio Ramos!


- PFL tomonidan tashkil etilgan testlarda qanday natija ko'rsatganizni ayta olasizmi?

- Jarohatim tufayli hali topshirmadim. 26 fevral kuni testdan o'taman. O'ylaymanki bu qiyinchilik tug'dirmaydi.

- Superligadan nima kutayapsiz?

- Bu chempionatimiz yil o'tgan yilgidan ham anchagina qiziqarli bo'ladi degan umiddaman. 12ta klub dastlabi kuchli oltilikka kirish uchun kurashadi. So'ngra mana mana shu 6ta klub chempion bo'lish uchun raqobat qilishadi. Yangi format bo'lgani uchun, yangicha o'yinlar kutayapman.

- Sobiq klubingiz "Mashal" PRO-ligaga tushirib yuborildi. Bunga munosabatingiz.

- Albatta Muborak klubi uchun va sobiq jamoadoshlarim uchun xafaman. Lekin qaror haqida gapirish mening ishim emas. "Mashal"ga tezda Superligaga qaytishini tilayman.

- "Qo'qon-1912" shunday tarkib bilan Superligada qaysi o'rinni egallay oladi?

- Tarkibimiz etarlicha kuchli. Bir qator yangi futbolchilar ham safga qo'shildi. Albatta yuqori o'rinlani ko'zlayapmiz. Aynan qaysi o'rinni olishimizni oldindan taxmin qila olmayman.

- "Qo'qon-1912" futbolchilari Javohir Sidiqov va Oybek Rustamov yaqinda Osiyo chempioni bo'lishdi. Ularda yulduzlik kasali ko'zga tashlanmayaptimi?

- Yo'q! Umuman unaqa narsa yo'q. Ular Osiyo chempionatidan kelgach bundan ham ko'proq ishlashlarini bosh murabbiy No'mon Hasanov aytib tushuntirdilar. Ularning kelajagi porloq deb o'ylayman.

- Mashxur murabbiylardan biri o'zbek futbolchilari "Real" yoki "Barselona"da emas arab klublari yoki maksimum Rossiyaning o'rtamiyona klubida oynashni orzu qiladi deb aytdi. Futbolchi sifatida aytingchi rostdan ham shundaymi?

- Vaqti kelib bizdan ham "Real" va "Barselona"da o'ynaydigan futbolchilar ham chiqadi. Hozirda sportga va futbola juda ham katta etibor berilyapti. Bundan juda ham xursandmiz va buni oqlashga harakat qilamiz.


- Superliga o'yinlari issiq quyosh ostida emas balki kechki soatlarda boshlanishi futbolchilardan yanada chiroyli futbol kutishimizga sabab bo'ladimi?

- Albatta! Jazirama issiqda o'ynagandan salqin havoda o'ynagan qulayroq. Bu futbolchilarga qo'shimcha kuch beradi. SHuningdek muxlislar uchun ham qulay. Bemalol ish yoki o'qishdan chiqib stadionlarga kelib bizni qo'llab-quvvatlab tura olishadi. Bizga mana shunday sharoitlar va engillik yaratib berganliklari uchun O'FA hamda klublar rahbariyatiga rahmat aytaman!

- Qaysi murabbiylarga minnatdorchilik bildirmoqchisiz?

- Birinchi murabbiyim Jamshid Abduraimovga, marhum Nizom Nortojievga, "Mashal" va "Navbahor"dagi barcha murabbiylarga  rahmat deyman. Hozirgacha murabbiyim, ustozim, akamdek bo'lib qolgan Zafar Musaboevga ham minnatdorchilik bildiraman.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика