So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Germaniyalik mutaxassislar “JFL Tashkent”da ish boshladilar Yangiliklar

Germaniyalik mutaxassislar “JFL Tashkent”da ish boshladilar

Teglar :  JFL-Tashkent
9 aprel kuni bo'lib o'tgan katta ochilish marosimidan so'ng dushanbadan boshlab germaniyalik mutaxassislar Toshkentdagi faoliyatlarini boshladilar.

SHlotxaymning “JFL” akademiyasida faoliyat olib borayotgan malakali murabbiylar yil davomida yangi faoliyat boshlagan futbol maktabidagi murabbiylarning, aynan o'zlarining metodikalari asosida tarbiyalab boradilar.



17 aprelga qadar poytaxtda germaniyalik mutaxassislar ishlaydilar, 18 aprelda esa “Real Sossedad” jamoasining 80-yillardagi mohir futbolchisi Kiko Zuniga Toshkentga tashrif buyuradi. “Real Madrid” jamoasining Xitoydagi akademiyasida ishlagan mutaxassis “Atletiko” Madrid jamoasining skauti ham hisoblanadi.



Zuniga O'zbekistonga safari davomida Boysunda bo'lib o'tadigan “Sahro Kubogi” musobaqasida ham qatnashadi. SHuningdek, Namanganda faoliyat boshlagan “Odil Junior” klubida master klass o'tkazishni rejalashtirgan.



“Ochilish marosimi haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Boshlanishiga kichik tadbir uyushtirishni reja qildik. Keyin barchasi boshqacha bo'ldi. Avvalo buning uchun “Yoshlik” sport majmuasi rahbarilariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Germaniyadan 20 kishidan ortiq mehmonni kelishi haqiqiy sovg'a bo'ldi deb aytsak bo'ladi. Avvaliga ko'pchilik maktabimizni shunchaki nemislarning nomidan foydalanayapti deb o'ylagan edilar. Ko'rib turganingizdek, bugun ular biz bilan mashg'ulot o'tkazayaptilar”, - deydi klub direktori Dilshod Qoriev.


Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика