So’nggi yangiliklar

23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  0 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1 21:45CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси 4:0  19 21:26CAFA Nations Cup. Ўзбекистон 10 киши бўлиб қолган Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда енгди. Финалдаги рақиб – Эрон  230 21:10Ўмон терма жамоаси мураббийи: "Кўплаб вазиятлар яратдик, аммо бор-йўғи иккита гол урдик"  6 20:54Ровшан Мередов: "Ушбу мусобақа орқали мундиаль иштирокчисига қарши ўйнадик"  3 20:23Саудия Арабистонининг икки клуби МЮ ҳимоячисига қизиқмоқда  1 19:46"Реал" собиқ ходими "Ньюкасл" бош директори бўлди  0 19:19Фарруҳ Сайфиев дисквалификация қилинди  16 18:55CAFA Nations Cup. Ўмон сўнгги дақиқадаги гол эвазига Туркманистонни таслим этди ва вақтинчалик гуруҳ етакчисига айланди  53 18:39"Қатар СК" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  0 18:08Хаби Алонсо "Реал" скаутига нидерландиялик футболчини кузатиб бориш топшириғини берди  2 17:39Англия терма жамоаси ҳимоячиси жароҳат олди ва "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  2

Kutib oling, Head Trick Quiz Tashkent Yangiliklar

Kutib oling, Head Trick Quiz Tashkent

O'tgan asrning 70 yillarida Buyuk Britaniyada asos solingan pab-viktorinasi O'zbekistonga ham etib keldi.

Bugungi kunda Toshkentda aholi o'rtasida juda mashhur ko'ngilochar tadbirga aylangan ushbu o'yinning 10 dan ortiq turlari mavjud. Quvonarliki, viktorinaning turli variantlari orasida haqiqiy mutaxassislarni o'zida jamlagan futbol viktorinasi ham bor. Head Trick Quiz Tashkent viktorinasi bilan tanishamiz.

Izoh. Pab-kviz – viktorinaning bir turi bo'lib, kafe, restoran va barlarda o'tkaziladigan o'yinlarda ishtirokchilar savollarga to'g'ri javob berish uchun o'zaro bellashishadi.

Head Trick Quiz Tashkent – O'zbekistondagi birinchi futbol viktorinasi. Savol va topshiriqlar shunday tanlanganki, jamoadagi har bir ishtirokchi o'z variantiga ega bo'ladi. Masalan, “foto-savol” bor, sizga ko'rsatilgan lavhada aks ettirilgan futbolchi yoki murabbiyni topishingiz kerak. “Boshlang'ich tarkib” deb nomlangan vazifa ham bor, bunda siz ko'plab futbolchilarning maydondagi poziciyasi haqida yaxshi malumotga ega bo'lishingiz kerak. SHuningdek, haqiqiy faktlarga asoslangan, mantiqiy savollar ham talaygina. O'yin qoidalari juda oddiy. Boshlovchi ekranda ko'ringan savollarni o'qiydi, jamoalar qatiy belgilangan vaqt davomida o'z javoblarini qog'ozga tushirishadi. Kim ko'proq to'g'ri javoblarni topa olsa, o'sha jamoa g'olib bo'ladi.


Izoh. Umumiy turlar soni – beshta, savollar soni 66 tadan 100 tagacha bo'lishi mumkin. Topshiriqlarning turi va murakkabligiga qarab har bir savolga 30 sekunddan 1 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

Head Trick Quiz Tashkent – 3 aprel 2018 yil sanasida tashkil etilgan, o'sha kungi birinchi o'yinda ramziy manoda 11 jamoa ishtirok etgandi. So'nggi 1,5 yil mobaynida intellektual futbol harakati o'sdi. Har ikki haftada bir o'tkaziladigan o'yinlarda 15 dan ortiq jamoalar ishtirok etishayotgandi. Ammo 2019 yilning mart oyidan boshlab SPORT telekanalida o'yinlarning yangicha formatiga asos solindi. Endi yurtimizning eng kuchli jamoalari o'zaro kuch sinashishlari va eng yaxshi jamoaning aniqlanishiga guvoh bo'lishimiz mumkin.

Izoh.Ortda qolgan o'yinlarni YouTube orqali tomosha qiling: HAVOLA

Agar bizning do'stona intellektual futbol harakatlarimizning bir qismi bo'lishni xohlasangiz, unda ishtirok eting. Head Trick Quiz Tashkent futbol viktorinasida ro'yxatdan o'ting. O'yinlarda sizni kutmoqda – yaxshi kayfiyat, ajoyib sovg'alar... Eng muhimi, siz o'zingiz uchun hamfikr bo'lgan insolaringizning yangi dunyosini ochasiz, va futbol bilimlaringizni muttasil ravishda oshirib borasiz. Xush kelibsiz!


FB https://www.facebook.com/football.quiz.tashkent/


Instagram http://instagram.com/headtrickquiz


Telegram https://t.me/headtrickquiz






Rustam Xo'jaev, 41 yosh. “Manchester Yunayted” klubi ishqibozi.
“Head Trick Quiz Tashkent sabab biz har ikki haftada sevimli viktorinamizda o'ynashimiz, boshqa jamoalardagi do'stlarimiz bilan uchrashishimiz, suhbatlashishimiz va raqobat muhitiga tushib, 2-3 soat davomida hhayotdagi muammolarimizni unutishimiz mumkin. HTQT – eng zo'r intellekutal futbol viktorinasi”.



Hasan Asqarov, “Paxtakora muxlislari” jamoasidan. “Real” ishqibozi.
“Ushbu viktorinada qatnashayotganimdan g'ururlanaman. Umid qilamanki, kelajakda mening jamoam bu o'yinda chempion bo'ladi”.


Kirill Altman, blogger. “Arsenal” muxlisi.
«Head Trick Quiz Tashkent? Hammasi oddiy. Ajoyib loyiha!»



Jamshid Jamolov, 25 yosh. Milanning “Inter” klubi ishqibozi.
“Loyiha uchun rahmat. Qiziqarli savollar bizga har doim yoqadi. O'zimni televizorda ko'rish ham juda yoqimli”.


Ruslan Tugushev, hisobchi. Krishtianu Ronalduning personal muxlisi.
“CHiroyli, ajoyib o'yin. Bitta afsuslanarli jihati – biz bu haqida bir yil o'tgach, xabar topdik”.


Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика