GERMANIYA - JAZOIR 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA
01 iyu 2014 03:35
Yangiliklar
GERMANIYA - JAZOIR 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA
JCH-2014 doirasidagi Germaniya va Jazoir o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
JCH-2014. 1/8 final
GERMANIYA – JAZOIR 2:1
Portu-Alegri. “Beyra-Rio” stadioni
Bosh hakam: Sandro Richchi (Braziliya)
Gollar: SHyurlle 92, Ozil 119.
Germaniya: Noyer, Boateng, Mertezaker, Mustafi (Xedira, 70), Xovedes, Lam, SHvaynshtayger (Kramer, 109), Kroos, Ozil, Myuller, Gyotce (SHyurlle, 46).
Jazoir: Mboli, G'ulom, Belkalem, Allish (Bugerra, 96), Lasen, Feguli, Slimani, Sudani (Jabu, 100), Tayder (Braimi, 78), Mandi, Mustafo.
Ogohlantirishlar: Allish 42, Lam 107.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Sizlar bilan soat 3:33ga qadar Narzulla o'yinni kuzatib bordi. Boshlanayotgan yangi kun barchamizga oson va omadli kelsin! Omon bo'linglar!
120+2. Qoil Jazoirga! Mag'lub bo'lishdi ammo boshni tik tutgan holda mundialni tark etmoqda bu jamoa! Germaniya chorak finalda Franciya bilan o'ynaydi. Jamoa muxlislarini tabriklaymiz! Sizga ha sizga omad tilaymiz!
120+1, O'ng qanotdan oshirib berilgan to'pni Jabu darvozaga yo'lladi - 2:1.
120+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL! JABUUUUUUUUUUUUUUUUUUUUU! 2:1!!!
119. Ozil to'pni SHyurllega oshirdi, uning zarbasi to'pni qaytardi, qaytgan to'p Ozilga kelib tushdi. Mesut kuchli zarba bilan to'pni darvozaga sanchib qo'ydi - 2:0. Jazoir - mot!
119. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! OZIL! BU NUQTAAAA! KAAAATA NUQTA! 2:0
118. Slimani! Agar qochib ketganida nima bo'lardi? Jazoirlik futbolchi birga bir vaziyatga chiqib ketayotganida Boateng undan to'pni olib qo'ydi, hakam bunga etibor ham qaratmadi, o'yin davom etdi
116. Kramer! Uning zarbasini Rais qaytardi, keyingi vaziyatda Myuller to'pni sheriklariga oshirdi, "labbay"chi topilmadi
115. SHyurlle hujumga o'tdi va to'pni sheriklariga oshirishga qizg'ondi! Qizg'onib yashash kerak bolalar qizg'onib!
113. Jazoir tinmayapti, Jabuning chap qanotdan oshirgan to'pini Mertesaker qaytardi, aks holda Slimani tayyor turgandiya
110. Futbolchilarning oyoqlari tortishib qolmoqda... futbol o'ynash oson emas, ayniqsa mana bunday yuqori darajada
109. O'zgarish. Germaniya. SHvaynshtayger o'rniga Kramer tushdi
108. Braimi jarima to'pini amalga oshirib berdi, to'pni Noyer ushlab oldi
107. Filip Lam o'zimizning Tursunboyning ishini qildi va ogohlantirildi
106. So'nggi bo'lim ham boshlandi.
105+1. Dastlabki qo'shimcha bo'lim tugadi.
105. USHbu bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi
104. Xedira chap qanotdan oldinga chiroyli o'tdi, lekin uning oshirgan pasi juda hunuk bo'ldi
101. Jazoir taslim bo'lmayapti, imkon qadar hujumlar qilib turibdi. Burchak to'pidan so'ng Mustafo zarba berdi, biroz noaniq!
100. O'zgarish. Jazoir. Sudani o'rniga Jabu tushdi
99. MYULLER! Uning burama zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi!
97. Fegulining pasidan so'ng Sudani to'pga eta olmadi, xavfli vaziyat edi
96. O'zgarish. Jazoir. Allish o'rniga Bugerra tushdi
95. Germaniya o'ziga ishonch bilan o'ynamoqda. Ozil deyarli birga bir vaziyatga chiqib bordi, lekin Allishni alday olmadi.
92. Myuller chap qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, SHyurlle to'pni nozik harakat bilan darvozaga joylab qo'ydi - 1:0.
92. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHYURLLEEEEEE! LELELELE! 1:0
90. Demak qo'shimcha bo'limlar boshlandi!
90+4. Bahsning asosiy vaqti tugadi! Qo'shimcha 30 daqiqani tomosha qilamiz. Uxlagingiz keldimi? Uxlang. Lekin eng qiziqarlisi oldinda).
90+3. ZARBAAAAAAAAA! SHYURLLE!!!!!! Uning pasidan so'ng himoyachilar to'pni qaytarishdi. Burchak to'pini Rais egallab oldi
90+2. Germaniyaning urinishlari zoe ketmoqda... Jazoir esa qo'shimcha taymlarni kutmoqda
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi
89. ZARBAAAAAAAAAA! SHvaynshtaygerning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng Rais to'pni egallab oldi!
88. Jazoirning qarshi hujumi! So'nggi "himoyachi" Noyer yana o'z joyida!
87. Kuluguli vaziyat! Myuller jarima to'pini tepishdan oldin maydonga bir yiqilib oldi, bu atyin qilindimi yoki kutilmagan holatmi har holda kulguli bo'ldi
86. Boateng!!! Uning zarbasidan so'ng to'p Fegulining qo'liga tegdi. 25 metrlardan jarima to'pi
84. Allish maydonga cho'zilib yotib olgan, hakam unga turishni taklif qilmoqda. Oyoqlarining tomiri tortishib qolgan shekilli
83. Germaniyalik muxlisalar shokda! Ular bunday natijani kutishmagandi
82. MYULLERRRRRRR! Jarima maydoni ichida to'pni to'xtatib darvozaga zarba berdi, biroz noaniq!
81. Keyingi vaziyatda Jazoir hujumga o'xshash narsa qildi, Feguli tomon oshirilgan to'pni Noyer ushab oldi
80. RAIIIIIIIIIIIIIIIIIS! MYULLEEEEEEEEER! Tomasning yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Rais Mboli qanday qilib qaytardi? Buni faqat o'zi biladi!
79. Xavfli vaziyat! Mana Germaniyaning hujumi! Myuller to'pni jarima maydoniga oshirdi, SHvaynshtaygerning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi!
77. O'zgarish. Jazoir. Tayder o'rniga Braimi tushdi
76. Sudani to'pni jarima maydoniga oshirdi, Slimanigacha to'p o'tishiga Boateng yo'l qo'ymadi
75. ZARBAAAAAAAA! Slimani tomonidan yo'llagan kuchli zarbani Noyer qaytardi!
74. ZARBA! Feguli kutilmaganda darvozaga burilib zarba berdi, to'p biroz noaniq ketdi
73. Bahs taqdirini bitta gol hal qiladigandek...
72. HAAAAAAA! Noyer yana so'nggi himoyachi rolida! Slimani to'pga harakat qildi, Noyer jarima maydonini tark etib boshi bilan to'pni qaytardi
71. Germaniya bu o'yini bilan chempionlikni ko'zlamasa ham bo'ladi. Juda ham lanj o'yin
70. O'zgarish. Germaniya. Mustafi o'rniga Xedira tushdi
69. Jazoirning jarima to'pi, himoyachilar qaytarishdi
68. Mustafi oyog'idagi mushaklarni tortib oldi va maydonni tark etdi
66. Germaniyalik "gulbashakarlar"
64. Germaniyaning hujumlariiga Jazoir hozir faqat shunday javob bermoqda: To'pni istalgan tomonga kuchliroq tepib yuborish!
63. Ehhe tribunada jonli to'lqin! Qo'shnim To'lqin akaga salom
61. Nemislar ko'proq hujum qilishmoqda, ammo barcha hujumlar bir xil. Jazoirlik himoyachilar bunga tayyor turishibdi
60. SHyurllening zarbasi noaniq chiqdi
59. Muxlislar hushtak chalishmoqda! Bilasizmi nega chunki nemislar to'pni bir birlariga tinimsiz oshirib turishibdi...
54. LAAAAAAAAAAAAAMMMMMM! 18 metrlardan yo'llangan zarbadan so'ng Rais ajoyib harakat bilan to'pni qaytardi!
52. Noyer bugun so'nggi himoyachi rolini ajoyib tarzda bajarmoqda!
51. Afrikaliklar hujumga hujum bilan javob berishmoqda, mana ikkinchi bo'limda ikkala jamoa muxlislarbop o'yin namoyish etishmoqda
50. Jazoir burchak to'pini amalga oshiradi, Noyer! Noyer! Xato qildi va o'z xatosini to'g'riladi!
49. Kroos to'pni jarima maydoniga oshirdi, Mustafi boshi bilan zarba berdi, Rais to'pni ushlab qoldi!
48. SHvaynshtayger! Zarba! Mboli to'pni bir amallab qaytardi!
46. O'zgarish. Germaniya. Gyotce o'rniga SHyurlle tushdi
46. Qanisizlar? Ikkinchi bo'lim boshlandi
45+1. Hazil qiladigan o'yin bo'lmayapti, hozircha 0:0. 15 daqiqadan so'ng ikkinchi bo'lim boshlanadi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi
43. KROOOOOOOOOS! CHap oyog'i bilan to'pni darvozaga yo'lladi, biroz noaniq
42. Ogohlantirish. Jazoir. Allish
40. ZARBAAAAAAAAAAAA! OZILLLLLLLL! Uning zarbasini Rais qaytardi, qaytgan to'pni Gyotci darvozaga yo'lladi, yana Rais o'zini ko'rsatdi Qoyil Mboli!
39. ZARBAAAAAAAAAAAA! YANA G'ULOM! Uning kuchli zarbasi Boatengga tegib yo'nalishini o'zgartirdi va noaniq ketdi
38. Ozildan keyin maydonda eng ko'p yugurgan futbolchi Noyer bo'lsa kerak
38. Germaniya safidagi eng faol o'yinchi Ozilning zarbasidan so'ng to'pni Rais Mboli qaytardi
36. Ozil noaniq pas bermoqda... buni doim ham ko'ravermaymiz. Germaniyaning hujumi to'xtadi
35. Xavfli vaziyat! Mustafining pasidan so'ng Myuller boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq
34. Jazoir bir gramm ham raqibdan cho'chiyotgani yo'q. Hujumlar ketidan hujumlar
32. Feguli jarima to'pini amalga oshiradi...Xavfli vaziyat! Ammo zarba umuman futbolga xos emas, regbida ochko olardi aniq!
31. Ozilning harakatlari tufayli Germaniyada yaxshi imkoniyat bo'lgandi. SHvaynshtaygerning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi
31. Jazoirning hujumlari ajoyib tashkil etilmoqda: "To'pni oldinga tepib yubor u erda kimdir to'pni egallab oladi"
30. Nimchorak finalning oldingi o'yinlari kabi bitta jamoa raqibdan yaqqol ustun emas.
29. SHu joyiga bitta fakt: Germaniya shu paytgacha Jazoirga qarshi ikki marta o'ynagan va ikkalasida ham mag'lub bo'lgan
28. Mertesaker sal qolsa raqibga to'pni sovg'a qilardi, uning xatosidan so'ng Noyer jarima maydonidan chiqib odatiy tarzda to'pni tepib yubordi
25. Kroos burchak to'pini amalga oshirdi, kimdir yiqildi, hakam indamadi demak penalti yo'q.
24. Nemislar o'z o'yinlarini namoyish etishni boshlashdi. Yana hujum, bu safar ham Ozil jarima maydoniga to'p uzatdi, Rais darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytarib yubordi.
22. Ozil chap qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Myuller orqasi bilan darvozaga turgan holda boshi bilan zarba berdi, noaniq
19. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! G'ULOOOOOOOOOOOOOOM! Bu G'ulomjon Yoqubov emas! Bu Jazoir safidagi Fauzi G'ulom! Uning chap oyoqda bergan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi
17. GOL! Lekin offsayd! Feguli qanotdan oshirilgan to'pni darvozga yo'lladi, hakamlar o'yindan tashqari holatni to'ppa to'g'ri aniqlashdi
16. Germaniya osonlik bilan raqib jarima maydoni ichiga kira olmayapti, Jazoir yaxshi himoyalanmoqda
14. XAVFLI VAZIYAT!!!! Feguli!! O'ng qanotdan raqib jarima maydoni ichiga kirib bordi va sheriklariga to'pni oshirish emas zarba berishga qaror qildi, noaniq
13. ZARBAAAA! SHVAYNSHTAYGERR! Uning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchli va aniq zarbasidan so'ng Rais
11. Fauzi G'ulom Mertesakerga nisbatan "qizbolacha" o'yin qildi, hakam uni ayadi
10. Jazoir hujumga o'tishni boshladi. Demak qiziqarli o'yin ko'ramiz
9. UXXXXXXXX! Noyer nimalar qilayapsan? Jazoir qarshi hujumga o'tdi va Feguli to'pni jarima maydoni tashqarisida turgan Noyerni aldab o'tishga urindi, biroq posbon to'pga tashlanib xavfni bartaraf etdi
9. Xavfli vaziyat! Germaniyaning tezkor qarshi hujumi o'ng qanotdan rivojlandi, Mustafining pasi noaniq bo'ldi
8. Hozirga qadar hech bir tomon golli vaziyat sodir eta olmadi
5. Mehdi Mustafo markazdan tezlanish olayotgan Kroosni qo'li bilan to'xtatib qoldi, hakam jarima to'pi belgiladi va jazoirlik futbolchini og'izaki tarzda ogohlantirdi
4. Myullerni oldinga boshlashdi, biroq to'pga birinchi bo'lib Rais Mboli etib keldi
3. Germaniya to'pni o'zida saqlab turibdi va hujumga o'tishga tayyorlanmoqda. Man hujum, Mustafi o'ng qanotdan oldinga o'tdi, biroq o'yindan tashqari holat
1. Nemislar hujumga o'tishga harakat qilishdi, Myullerning to'p uzatishi noaniq bo'ldi
- CHURRRRRR! O'YIN BOSHLANDI!
- O'yinni tomosha qilish uchun stadionga shaxsan FIFA prezidenti Yozef Blatter kelgan. Siz bo'lsa uxlayman deysiz.
- Stadiondagi muxlisalarni hozir eslamay turamiz. Bugun faqat futbol ko'raylik)) rozimisizlar?
- Navbat Jazoir madhiyasiga...
- Germaniya davlat madhiyasi!
- Kutib oling, Germaniya hamda Jazoir terma jamoalari...
- Myuller va Noyer yonida turgan yosh bolalarga blic intervyu berishmoqda. O'z ishining haqiqiy ustalari bilan yonma yon suhbat qurish hayotda bir marta bo'ladi
- Demak ushbu bahsda Franciyaning raqibi aniqlanadi. Jamoalar maydonga tushishga shay bo'lib turishibdi
- Tun yarmidan o'tganida barchangizga muzdekkina salomlar! Germaniya va Jazoir o'rtasidagi bahsni sizlarga etkazish Narzullaning chekiga tushgan. Ishonamanki bahs davomida futbolchilar ham, men men ham sizlarni zeriktirmaymiz)
- O'yin soat 01:00da boshlanadi.
Fikrlar