Germaniya o'z tarixida ilk bor ketma-ket uchta o'yinda gol ura olmadi
14 okt 2018 08:37
Yangiliklar
Germaniya o'z tarixida ilk bor ketma-ket uchta o'yinda gol ura olmadi
Xabar berganimizdek, kecha oqshom Germaniya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasidagi safar uchrashuvida Gollandiyaga yirik (0:3) hisobda mag'lub bo'ldi.
SHu tariqa, olmoniyalik futbolchilar ketma-ket uchinchi o'yinda raqib darvozasini ishg'ol eta olishmadi. Germaniya terma jamoasi tarixida ilk bor shunday antirekord qayd etildi.
Yoaxiy Lyov shogirdlari bundan avval Millatlar Ligasi doirasidagi o'yinda Franciya bilan durang (0:0) o'ynashgandi, JCH-2018da esa sensacion tarzda Janubiy Koreyaga imkoniyat boy (0:2) berilgan edi.
Malumot uchun, Germaniya terma jamoasi Millatlar Ligasining A guruhida bir ochko bilan so'nggi o'rinni egallab turibdi. Lyov jamoasi guruhdagi navbatdagi uchrashuvni 16 oktyabr kuni Sen-Denidagi “Stad de Frans” stadionida o'tkazadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar