Germaniya kubogi. "Borussiya D"ga finalda kim raqib bo'ladi?
16 apr 2014 17:27
Yangiliklar
Germaniya kubogi. "Borussiya D"ga finalda kim raqib bo'ladi?
Germaniya kubogi birinchi yarim final o'yini kecha "Signal Iduna Park"da "Borussiya D" - "Volfsburg" o'rtasida kechdi. Ushbu o'yinda Yurgen Klopp jamoasi ishonchli g'alaba qozonishib, finalga yo'l olishgan edi. Bugun ikkinchi finalchi nomi aniqlanadi. Myunxenning "Bavariya" jamoasi "Kayzerslautern"ga qarshi saf tortadi.
So'nggi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizliklarni yuvish uchun ham "gollivud" jamoasiga bu uchrashuv yordam berishi mumkin. "Bavariya"ning ketma-ket uch bora g'alaba qozona olmayotganligini ko'pchilik har xil sabablar bilan bog'lamoqda. Pep Gvardiola va uning jamoasi juda kuchli tanqid ostiga olingan. Gvardiola ham o'z o'rnida ushbu tanqidlarga javob qaytarib o'tdi. Futbolchilarga ishtiyoq etkazib bera olmaganini tan oldi. Lekin Pep javobni matbuot anjumanlarida emas, futbol maydonidagi uchrashuvda tanqidlarga javob berishi lozim.
Bugun u va uning jamoasida buning uchun ajoyib imkoniyat mavjud. Uchrashuv qiymati ham juda yuqori. G'olib jamoani finalgsha yo'llanma kutmoqda. Va yana bir qiziq tomoni shundaki, "Bavariya" agarda bugun g'alaba qozonib finalga yo'l olsa, unda ular Dortmundning "Borussiya" klubi bilan uchrashishadi. Myunxendagi yirik mag'lubiyat uchun uch olishni eng qulay va ajoyib imkoniyati va o'rtada Germaniya kubogi sovrini. "Bavariya" futbolchilari buni yaxshi his etib turishibdi. SHu o'rinda ularning raqiblari "Kayzerslautern" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa o'z tarixi bilan maqtana oladigan Germaniyada o'z obrusiga ega jamoa hisoblanadi.
"Kayzerslautern" hozirda 2-Bundesliga ishtirok etmoqda va to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Bu jamoa Bundesligaga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi. Bu mavsumda jamoa Germaniya kubogi musoboqasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Ular bugungi o'yinda ham "Bavariya" katta qarshilik ko'rsatishlari aniq. Jamoa grand klublarga qarshi kuchli ishtiyoq bilan to'p tepadi. Bu o'yinda ulardan har narsani kutish mumkin. Albatta, tajriba va ijrochilar borasida "Bavariya" bilan tenglasha olishmasligi aniq. Futbolda har doim ham nomlar g'alaba g'ozona olavermaydi. Germaniya kubogi yarim finali bir o'yindan iborat bo'ladi. Bu esa jamoalarning imkoniyatini tenglashtirishi tabiiy. Germaniyada har qanday jamoa istalgan raqibni mag'lub eta olishini Bundesligani muntazam kuzati boradigan futbol ishqibozlari yaxshi bilishadi.
Bu uchrashuv qiziqarli tomoshabop o'tishi kutilmoqda. Pep Gvardiola jamoasi uchun bu o'yin ahamiyati va uning darajasi ham bir muncha kuchli. SHuni ham aytib o'tish kerakki, "Kayzerslautern"ga qarshi bahs orqali jamoa ECHL yarim finali oldidan o'z yaxshigina sinovdan o'tib olishlari mumkin. Bugungi har ikkala jamoa uchun ham muhim sanaladi. Germaniya kubogi finalida Yurgen Klopp jamoasiga qaysi klub raqiblik qilishini bugun tunda bilib olamiz! Bugungi o'yinda Myunxen klubiga Manuel Noyer yordam bera olmaydi. Noyerni o'rnini Reder eggalaydi. Bu "Bavariya" uchun yaxshigina yo'qotish va "Kayzerslautern" uchun zo'r yangilik bo'lishi tabiiy.
SHahboz Beg'amov
Ushbu o'yin Rossiyaning "Sport1" kanali orqali soat 23:30dan boshlab to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi.
Fikrlar