So’nggi yangiliklar

08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  2 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  3 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  0 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  4 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  26 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан ўйингача"  1 01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  47 00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0 00:11U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  3 23:54АПЛда ўйнайдиган икки нафар футболчи зўравонликда гумонланиб, ҳибсга олинди  9 23:37Франция президенти Дрогба ва Азар билан бир жамоада футбол ўйнаб, пенальтидан гол урди  3

Germaniya Ispaniyadan ozor chekadi: g'alabasiz 34 yil. Yaqinda qabul qilib olingan 0:6, Evro finali va JCH yarim finalidagi mag'lubiyat Yangiliklar

Germaniya Ispaniyadan ozor chekadi: g'alabasiz 34 yil. Yaqinda qabul qilib olingan 0:6, Evro finali va JCH yarim finalidagi mag'lubiyat

Hozir durang qutqardi, ammo jamoa guruhda so'nggi o'rinda.

Kosta-Rika yaponlar (1:0)ni kutilmagan holda yutgan holda, Germaniyaga ajoyib sovg'a tayyorladi. Ammo, nemislar bundan maksimal darajada foydalana olishmadi: guruhdagi so'nggi o'rinda qolishdi: sababi Ispaniyani yuta olishmadi.

Yana. Bu safar ularni so'nggi daqiqalarda urilgan gol sabab qayd etilgan durang qutqardi – jamoa 83-daqiqada hisobni tenglashtirdi va bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

Nemis jamoasi so'nggi bor Ispaniya ustidan g'alaba qozonganiga 34 yil bo'ldi.



Nemislarning uyida o'tgan Evro-1988da hali birlashmagan GFR ispanlarni 2:0 (Rudi Fellerning dubli) hisobida mag'lub etdi – va pley-offga qo'ymadi.

O'shandan beri Germaniyaning Ispaniyaga qarshi eng yaxshi natijasi – durang.



Mana seriya qanday rivojlanmoqda.


JCH-1994 – 1:1. Nemislar jismoniy holat bilan Luis Enrikeni hayron qoldirishgan


Amerikada o'tgan Jahon chempionatida Ispaniya va Germaniya bir guruhdan o'rin egallashdi. O'shanda ham ikkinchi turda o'ynashgandi – durang. Birinchi taymda Yon Andoni Goykoecheaning goliga nemislar ikkinchi bo'lim boshida Yurgen Klinsmanning goli bilan javob berishdi.

O'shanda ispanlar tarkibida Pep Gvardiola, Xulen Lopetegi (zaxirada o'tirgandi) va terma jamoaning hozirgi murabbiyi Luis Enrike bor edi. "Agar kimdir nemislarning libosiga qarasa, unda to'rtta chempionlik yulduzini ko'radi. Men ularga qarshi 1994-yilda o'ynaganman, o'shanda ularning jismoniy holati meni hayron qoldirgandi, – dedi Enrike Germaniyaga qarshi o'yin oldidan. – Ammo, Ispaniya istalganini yutishi mumkin va biz Germaniyani kuch evaziga mag'lub etishimizga ishonamiz.



1994-yilda ikki terma jamoa ham guruhdan chiqdi va yo'lda yarim finalda to'qnash kelishlari kerak edi. Ispanlar 1/8 finalda SHveycariya (3:0)dan, nemislar esa Belgiyadan (3:2)dan o'tishdi. Ammo, jamoalar chorak finalda sinxron tarzda chiqib ketishdi: Germaniyani bolgarlar, Ispaniyani esa italyanlar chiqarib yubordi (ikki o'yin ham 1:2 hisobida).


Evro-2008 – finaldagi 0:1. 44 yilda ilk bor Ispaniyaga sovrinni berishdi


Hech kim Ispaniyani mag'lub eta olmagan turnir.

Luis Aragones jamoasi guruhda maksimal 9 ochkoga ega chiqdi, so'ngra penaltilar orqali Italiyadan o'tdi, yarim finalda esa Rossiyani yirik (3:0) hisobida taslim etdi. Germaniyaga qarshi sovrin uchun hal qiluvchi o'yinda Fernando Torresning goli jamoaga g'alaba qozonishga yordam berdi (1:0).



Andres Inesta nemislar ustidan qozonilgan g'alabani eng yaxshilaridan biri deb hisoblaydi:

"ECH-1964dan keyingi oltin medallardan so'ng Ispaniya terma jamoasining ko'plab avlod o'yinchilari nimadir erishishga harakat qilishdi. Oxir-oqibat uzoq vaqtdan so'ng bizga shuni qilish nasib etdi. SHu sabab bu ispan futboli, ispan futbolchilar, shuningdek o'yin uslubimiz uchun juda muhim bo'ldi. Bu keyinchalik sodir bo'lgan voqealarning boshlang'ich nuqtasi edi".


JCH-2010 – yarim finaldagi 0:1. Ispanlarni JARdagi oltin medallarga o'tkazib yuborishdi


Tarix keyingi yirik turnirdagi yarim finalda takrorlandi. Barchasini ikkinchi bo'lim vaqtidagi Karles Puyolning goli hal qildi.

"Ispaniya o'yinni o'z nazoratiga oldi va bizdan ko'ra ko'proq vaziyatlar yaratdi. Biz hujumda yaxshi o'ynay olmadik va kam xavfli vaziyatlar yaratdik. Balki bizga jasorat etishmagandir", – deb tan oldi Manuel Noyer o'yindan so'ng.



Ispanlar yakunda Jahon chempionlariga aylanishdi, nemislar esa bronza medallariga ega chiqishdi.


Millatlar ligasi - 2020/21 – 1:1 va dahshatli 0:6. Germaniya uchun qora kun


Yangi uchrashuv yangi turnirda o'n yil o'tib sodir bo'ldi – v yana yoqimsiz taassurotlar. Uyda durang, ammo qayg'uli: Germaniya g'alabaga yaqin edi, ammo Xose Gayya 96-daqiqada (1:1) hisobni tenglashtirdi.

Sevilyada esa ispanlar raqibni kamsitib tashlashdi – 0:6. Bu Germaniyaning rasmiy o'yinlardagi eng katta mag'lubiyati, ammo ispanlarga qadar ular beshta to'p farqi bilan ancha oldin yutqazishgan – Vengriya (3:8)ga qarshi JCH-1954da. Nemislar o'shanda bir yildan oshiq vaqtdan beri ilk bor yutqazishgandi, ispanlar esa ularning 12ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi (7ta g'alaba va 5ta durang)ga yakun yasashdi.

Ko'pchilik terma jamoada 96-o'yinini o'tkazgan darvozabonlar orasida (Zepp Mayerdan o'tgandi) yangi rekord o'rnatgan Noyerga afsus qildi. Bayram o'rniga – antirekord, Manu faoliyatida ilk bor bir o'yinda 6ta gol o'tkazib yubordi.



Ispaniya yakunda yarim finalga chiqdi va finalda Franciyaga imkoniyatni boy berdi, bu mag'lubiyatga qadar guruhda etakchi bo'lgan nemislar esa sovrin uchun imkoniyatsiz qolishdi. Ularni durang ham qanoatlantirardi, ammo bu kecha shunchaki dahshatli bo'ldi.

"Ispaniya yaxshiroq, tezroq va aniqroq o'ynadi. Bizda imkoniyat bo'lmadi. Bu qora kun", – deb munosabat bildirgandi o'shanda Yoaxim Lyov.


***


Nemislar o'rtoqlik o'yinlarida Ispaniyani mag'lub eta oladi. Bu so'nggi bor 2014 yilning noyabr oyida bo'lib o'tgandi, o'shanda Toni Kroosning 89-daqiqadagi goli o'rtoqlik o'yini taqdirini hal qilgandi.

Jamoalar umumiy o'rtoqlik o'yinlarini ham qo'shib hisoblaganda 26ta o'yin o'tkazishgan, bunday hisoblasa statistika teng: 8 g'alaba Ispaniyada, Germaniyada 9ta va juda ham yaqin to'plar nisbati – 32:31.

JCH-2022dagi durang – katta ehtimol bilan Ispaniya foydasiga, sababi nemislar oxirgi turda so'nggi o'rindan chiqishi, ispanlar esa birinchilikni saqlab qolishi kerak.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика