Germaniya. "Gamburg" o'tish o'yinida "Gerta"ni mag'lub etdi, oldinda javob uchrashuvi bor
20 may 2022 08:00
Yangiliklar


Germaniya. "Gamburg" o'tish o'yinida "Gerta"ni mag'lub etdi, oldinda javob uchrashuvi bor
Kelasi mavsumda Bundesligada ishtirok etish huquqini beruvchi o'tish o'yinlari o'tkazilmoqda.
Dastlabki o'yinda "Gamburg" safarda "Gerta"ni kichik hisobda mag'lub etdi. Endi javob o'yini 23 may kuni Gamburgda o'tkaziladi.
"Gerta" – "Gamburg" 0:1
Gol: 0:1 – 57 Reys.
"Gerta" – Kristensen, Pekarik, Boyata, Kempf, Plattenxardt, Mittelshtedt, Serdar (Rixter, 70), SHtark (Gexter, 70), Tuzar, Belfodil (Maolida, 80), Vollshleger (Yovetich, 46).
"Gamburg" – Xoyer, SHonlau, Vushkovich, Muxaym, Ror (Karabue, 59), Meffert, Reys, Xayer, Kittel (Gyamera, 90), Djatta (Kaufmann, 74), Glatcel.
Ogohlantirishlar: SHtark (29), Tuzar (30), Boyata (49).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar