Gennadiy Kochnev: "Muhim ochkoni qo'lga kiritdik"
10 noy 2022 20:59
Yangiliklar
Gennadiy Kochnev: "Muhim ochkoni qo'lga kiritdik"
"G'ijduvon" bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev "SHo'rtan"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ochig'i G'uzorga ochko olish uchun kelgandik. Yigitlarga katta rahmat aytaman. O'zimiz uchun zarur ochkoni qo'lga kiritdik. Jamoam oxirigacha kurashdi. Asosiy maqsadimiz Pro ligada qolish. SHu yo'lda davom etamiz.
"SHo'rtan"ni hurmat qilaman. Bu jamoa menga yoqadi. Yaxshi shakllangan. Murabbiylar shtabi, futbolchilarning qilayotgan harakati tahsinga loyiq.
G'uzorda 2017 yil malum vaqt ishlaganman. U paytda jamoa Superligada qatnashardi. "SHo'rtan" o'shanda elitada qolganiga qaramay, reglament va chempionat formati o'zgarishi natijasida quyi ligaga tushib ketgandi. Bu erda futbol uchun sharoitlar bor. Yaxshi yoshlar jamlangan", - deydi Gennadiy Kochnev.
Fikrlar