Genadiy Kochnev: "SHo'rtan" yaxshi himoyalandi"
06 avg 2017 00:38
Yangiliklar
Genadiy Kochnev: "SHo'rtan" yaxshi himoyalandi"
- Birinchi o'rinda, Vadim Abramovni bugungi tug'ilgan kuni bilan tabriklab qolaman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsak, dastlabki 30 daqiqada raqib bizni o'z zonamizda "qamab" qo'ydi. Keyinchalik esa qarshi hujumlar orqali o'yinni tenglashtira oldik. Afsuski, vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda gol urganimizdan so'ng farg'onaliklar ochiq futbol namoyish etishga kirishidi va hisobni tenglashtirishga erishishdi.
Bizda ham qulay vaziyatlar ko'p bo'ldi va bugun g'alabaga yaqinroq edik. Yigitlarga rahmat aytaman. CHunki bugun ular oxirgacha kurashdi. Darvozabonga esa penaltini qaytargani uchun alohida rahmat.
- Fikringizcha, bugun "Neftchi"ga nima etishmadi ?
- Bugun "Neftchi"ga nima etishmaganini bilmadim. Raqib haqida fikr bildirmayman. Lekin bizning himoyachilar o'z ishini yaxshi bajardi.
"Neftchi" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar