Gedesh faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
18 avg 2021 18:50
Yangiliklar


Gedesh faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
"Valensiya" hujumchisi Gonsalu Gedesh "Vulverxempton" o'yinchisiga aylanishi mumkin.
Angliya klubi futbolchi bilan shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi.
"Bo'rilar" hozirda "Valensiya" rahbariyati bilan o'yinchining transferi borasida muzokaralarni boshlash uchun bog'landi. "Vulverxempton" portugaliyalik futbolchi uchun 30 million evro to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Gedesh "Valensiya"ga 2018 yilda PSJdan 40 million evro evaziga o'tgan edi. Uning ispan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar