G'ayrat Jumaev: Andijondan ijobiy natija bilan qaytishga harakat qilamiz
21 may 2016 10:11
Yangiliklar
G'ayrat Jumaev: Andijondan ijobiy natija bilan qaytishga harakat qilamiz
Mazkur o'yin oldidan navoiyliklar yarim himoyachisi G'ayrat Jumaev fikrlari bilan qiziqdik.
- Bizni Andijonda qiyin uchrashuv kutib turibdi, - deydi G'ayrat Jumaev. - Andijon futbolchilari bilan bu yilgi mavsumda hozirgacha ikki marta o'ynab ko'rdik. Murabbiy Baxtiyor Ashurmatov Andijonda kuchli tarkibni to'play olgan. Ammo bu jamoani engish mumkin ekanligini o'tgan uchrashuvda isbotlay oldik. O'zbekiston kubogi nimchorak final bosqichining Navoiyda kechgan dastlabki uchrashuvida 2:2 hisobida durang qayd etilgan edi. Hozir chorak finalga qaysi jamoaning yo'llanma olishini oldindan taxmin qilish qiyin. Menimcha, bu borada har ikki jamoaning imkoniyatlari teng. Biz esa Andijondan ijobiy natija bilan qaytishga harakat qilamiz.
Qizilqum PFK Matbuot xizmati.
Fikrlar