Gattuzo "Arsenal" futbolchisini "Napoli"ga olib kelmoqchi
28 avg 2020 18:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589305_original.jpg)
![](/upload/storage/589305_220.jpg)
Gattuzo "Arsenal" futbolchisini "Napoli"ga olib kelmoqchi
Italiyalik murabbiyga "kanonirlar" tayanch yarim himoyachisi kerak.
"90min" xabariga ko'ra, "Arsenal" xavbeki Lukas Torreyra faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin. Bunga neapolliklar bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoning futbolchini uzoq vaqtdan buyon kuzatib borib, uni tarkibga olib kelishni rahbariyatdan so'ragani sabab bo'lmoqda. Angliya futbolida o'rnini topa olmayotgan futbolchi ham o'z navbatida jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.
Ushbu mavsumda Torreyra APLning 29 o'yinida 1 gol va 1 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar