Gari Nevill: "Ronalduning bunday harakati Sulsherga qo'shimcha bosim bo'lmoqda"
04 okt 2021 20:37
Yangiliklar
Gari Nevill: "Ronalduning bunday harakati Sulsherga qo'shimcha bosim bo'lmoqda"
"Men Ronaldu maydonni qanday tark etganini ko'rdim. Menga bu holat manzur keldi deya olmayman. Krishtianu o'ynamasa xafa bo'ladimi? Ha. Jamoasi g'alabaga erisha olmasa-chi? Albatta, u bundan ranjiydi. Buni shundoq ham bilamiz.
U maydondan chiqib ketarkan, norozi ohangda nimalarnidir gapirib ketdi. U nima degandi? Ronaldu kimdan norozi? Buning barchasi jamoa murabbiyi manziliga atalgan so'zlar deyish mumkin.
Krishtianu o'zining bu kabi harakatlari shundoq ham bosim ostida bo'lgan murabbiyga qo'shimcha "bosh og'riq" bo'lishini tushunadi albatta. Bu holatni shunday qoldirib bo'lmaydi, imkon qadar tezda masalani hal qilish zarur.
Ronaldu har o'yinda gol urmaydi, katta ehtimol bilan barcha uchrashuvlarda maydonga ham tusha olmaydi. Biroq har safar omadsiz bellashuvdan keyin maydonni shunday tark etadigan bo'lsa, Sulsherga havas qilib bo'lmaydi", – dedi Nevill.
Fikrlar