Garet Beylning transferi "Real"ga Ronaldunikidan qimmatroqqa tushgan

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2016, 10:25
Uelslik yarim himoyachis Garet Beylning "Real"ga transferi borasida bazi ma'lumotlar oshkor etildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" "Tottenxem"ga Beyl uchun 100 mln. 759 ming evro to'laydi. Shunday qilib, uelslikning transferi Krishtianu Ronaldu uchun "Manchester Yunayted"ga to'langan puldan ko'proqqa tushdi (96 mln evro).

"Real"ning ikki yo'li bor edi: Ispanlar 15 kun ichida 87 mln. evro to'lashi mumkin bo'lgan. Ikkinchi yo'l esa, 2016 yilning iyuligacha to'rt marotaba 24 mln. 935 ming evrodan to'lab borish. Bu mablag'ga rasmiylashtirish ishlarining pullari qo'shib hisoblaganda, "Real" 100 mln. 759 ming evro to'lashiga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Leaks