"Galatasaroy" prezidenti "Arsenal" futbolchisining transferini taqiqladi
05 sen 2021 14:35
Yangiliklar
"Galatasaroy" prezidenti "Arsenal" futbolchisining transferini taqiqladi
"Arsenal" yarim himoyachisi Muhammad El-Nenni faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin edi.
29 yoshli misrlikning xizmatlariga "Galatasaroy" tomonidan qiziqishlar bo'layotgandi. Biroq klub prezidenti Burak Elmas ushbu transferni taqiqlab qo'ydi.
"Milliyet" nashrining yozishicha, futbolchi juda katta maosh talab qilgan. Bu pallada klublar transfer borasida kelishib olishgandi. Unga ko'ra, futbolchi 15 million evro evaziga "Galatasaroy"ga o'tishi kerak edi.
Ushbu mavsumda El-Nenni APLda bir o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar