So’nggi yangiliklar

07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  1 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13

Futzalchilarimiz Osiyo chempionatiga qanchalik tayyorlar? Yangiliklar

Futzalchilarimiz Osiyo chempionatiga qanchalik tayyorlar?

1-11 fevral kunlari Xitoy Taypei mamlakatida futzal bo'yicha Osiyo chempionati bahslari bo'lib o'tadi.

Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Hisob bo'yicha 15-marta o'tkaziladigan musobaqada terma jamoamiz "B" guruhida Yaponiya, Tojikiston va Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi. Dastlabki turda jamoamiz Janubiy Koreya bilan to'qnash keladi. So'ngra qo'shnilarimiz Tojikiston bilan o'ynaymiz. Guruhning so'ngi turida Yaponiya bilan bahs olib boramiz.

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bosqichini davom ettirmoqda.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoa 16 yanvardan Toshkent shahrida yig'inga kirishgandi. Futzalchilar “CHig'atoy” sport bazasida joylashib, "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli zalda kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazishmoqda. Ushbu yig'in 29 yanvarga qadar davom etadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov yig'inga quyidagi 18 nafar futzalchini jalb qilgan:

Darvozabonlar: 
Rustam Umarov, Akmal Xazratqulov, Mirislom Miraliev
O'yinchilar: Artur Yunusov, Konstantin Sviridov, Farhod Abdumavlonov, Ilhom Hamroev, Davron CHoriev, Davronjon Abdurahmonov, Ixtiyor Ropiev, Husniddin Nishonov, Dilmurod SHavkatov, Mashrab Odilov, Anasxon Rahmatov, Akbar Usmonov, Botirbek Rizaev, Feruz Fahriddinov, Dilshod Rahmatov.

"Osiyo chempionatiga tayyorgarlik 3 oydan buyon davom etmoqda. Yangi yil bayramidan keyin Toshkentda so'nggi yig'inni boshlagandik, ushbu yig'inimiz 29 yanvarga qadar davom etadi. Keyin Xitoy Taypeiga uchib ketamiz. 1 fevral kuni musobaqadagi ilk uchrashuvni o'tkazamiz.

Ayni paytda 18 nafar futzalchi yig'inda ishtirok etmoqda. Xitoy klubida o'ynayotgan Dilshod Rahmatov ham yig'inimizga kelib qo'shildi. To'liq tarkib yig'ilib bo'ldi. Osiyo chempionatiga 14 futzalchi olib ketiladi. Ulardan ikki nafari darvozabon bo'lishi kerak. Hozirga kelib yakuniy ro'yxatni aniqlab bo'lganmiz. Ammo uni elon qilmay turganim sababi yig'in oxiriga qadar jarohatlar bo'lib qolishi mumkin. Bundan hech kim sug'urtalanmagan. SHu bois 28 yanvar kuni yakuniy tarkibni elon qilaman.

Nodir Eliboev futzalni yakunlab murabbiylik faoliyatini boshladi. Futzal o'ynab keyin murabbiy bo'lganlarga nisbatan oson bo'ladi. U futzaldagi barcha nozik jihatlarini tushunadi. U menga katta yordam bermoqda.


Raqiblarni o'rganish ham davom etmoqda. Yaponlar bilan Tojikistondagi Osiyo o'yinlarida to'qnash kelgandik. O'shanda penaltilar seriyasida g'alaba qozongan edik. OFK jamoalarga qulay bo'lishi uchun chempionat paytida istalgan raqibning videolarini beradi. Yani 1-turdan so'ng biz ikki raqibimizning o'yinini tomosha qilib tahlil qilishimiz mumkin.

Bu yilgi Osiyo chempionatiga vice-chempion sifatida boramiz. Xabaringiz bor, 2016 yil Toshkentda o'tga Osiyo chempionatida finalda Eronga yutqazib qo'ygandik. Xitoy Taypeidagi qita chempionatida dastlabki maqsad birinchi o'yinni yutib olish. Ilk o'yinni yutib olsak kayfiyatimiz yaxshi bo'ladi. Keyin guruhdan chiqish haqida o'ylaymiz. Qadamma-qadam boraverish kerak. Minimum vazifa sovrinli o'rinlardan birini qo'lga kiritish.

SHu o'rinda O'zbekiston futbol Federaciyasiga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Hech qanday kamchilik yo'q. Yashash, ovqatlanish, mashg'ulot zallari... barchasi alo darajada bo'lmoqda. Biz ham shunga yarasha musobaqada munosib qatnashib kelishimiz kerak.


O'zbekiston chempionati to'xtab qolgani uchun ham ko'proq yig'in o'tkazayapmiz va yigitlarimizning o'yin amaliyoti, jismoniy holati tushib ketmasligini taminlashga harakat qilayapmiz.

Toshkentdagi yig'inda nazorat uchrashuvini o'tkazamiz. Bu faqat o'zaro bo'ladi. Qaysidir klubga qarshi o'ynashni istamayman. Buni oldingi bosh murabbiy Xose Mariya Mendez ham aytgandi. Sababi qaysidir klubga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazsangiz, terma jamoaga kira olmagan yigitlar jon-jahdi bilan o'ynaydi va jarohatlar kuzatilishi mumkin. SHu sababli ham mahalliy klublarga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazmaymiz. Xudo xohlasa, Xitoy Taypeiga borgach agar kelisha olsak musobaqadan oldin qaysidir terma jamoa bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib olishimiz mumkin. Bu ularga ham, bizga ham yaxshi", - deydi terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov.  


"Toshkentdagi yig'in yaxshi davom etmoqda. Har kuni ikki mahaldan mashg'ulot olib borayapmiz. Oldimizda katta musobaqa turibdi. Barcha yigitlar buni yaxshi tushunib turishibdi.

So'nggi yillarda O'zbekistonda kuchli yoshlar etishib chiqishmoqda. Umuman olganda futzalga bo'lgan etibor kuchli bo'lmoqda. Mana o'tgan yil Osiyo qitasida tarixda ilk bor U-20 Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. O'sha tarkibdan 4-5 nafar yoshlar milliy terma jamoaga jalb etilgan. Ularni bemalol terma jamoaning kelajagi deb ayta olamiz. Murabbiylar yosh futzalchilarni 3 nafar tajribali o'yinchi bilan birga o'ynatishmoqda. Bu orqali o'sha yosh futzalchi qisqa vaqt ichida tajriba to'playdi.

O'zbekiston chempionati bahslari to'xtatilgani uchun barchamiz katta o'yinlarni sog'inib qolganmz. O'yinlarga bo'lgan chanqog'imizni Xitoy Taypeida qondiramiz (kuladi). Raqiblarni o'rganish davom etmoqda. Hozirgi paytda bor etibor o'zimizning o'yinimizni kuchaytirishga qaratilgan. Raqiblarni Xitoy Taypeiga borganimizdan keyin batafsil o'rganib chiqamiz. Bunga vaqt bo'ladi", - deydi terma jamoa azosi Davron CHoriev.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика