Futzal. Shuhrat Tojiboev terma jamoa yig'iniga kelib qo'shildi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2016, 12:10
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Osiyo chempionatiga so'nggi tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beruvchi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlaydi.

Unda Xitoyning "Gansu" klubida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Shuhrat Tojiboev ham ishtirok etmoqda. Eslatib o'tamiz, Tojiboev O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori hisoblanadi.

Bu yig'in doirasida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. 22 va 23 yanvar kunlari Olma-Ota shahrida Qozog'iston terma jamoasi bilan ikkita o'yin tashkil etiladi. Undan keyin terma jamoamiz yana Toshkentga qaytib keladi va mashg'ulotlarni davom ettiradi. 1 fevral kuni esa poytaxtimizda Vetnam terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia