

Mamlakatimizning amaldagi chempioni hisoblangan "Olmaliq" jamoasi o'z tarkibiga O'zbekiston terma jamoasining sobiq sardori Shuhrat Tojiboevni qo'shib oldi. Oxirgi ikki mavsumni Xitoyning "Gansu Masrey" klubida o'tkazgan Shuhrat Tojiboev olmaliqliklar bilan kelishuvga erishdi.
Eslatib o'tamiz, 4-tur oldidan "Ardus" 36 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, "Olmaliq" 33 ochko jamg'argan holda ikkinchi pog'onadan joy olgan.



