So’nggi yangiliklar

17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  2 17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  1 17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  11 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  1 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  1 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   11 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0 15:39Гвардиола: "Кейинги учрашувда 10 нафар янги ўйинчи майдонда бўлади..."  4 15:15"Ливерпуль" швециялик ҳужумчи учун 100 млн фунт таклиф қилмоқчи  4 14:46"Ал Ҳилол" Рафаэл Леауни нишонга олди  2 14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  2 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  2

Futzal. O'zbekiston - Osiyo vice-chempioni bo'ldi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston - Osiyo vice-chempioni bo'ldi

Teglar :  Futzal
O'zbekiston va Eron terma jamoalari o'rtasidagi futzal bo'yicha Osiyo chempionati final uchrashuvi yakunlandi.

O'yindagi hisob 6-daqiqada vakillarimiz tomonidan ochildi. Raqibning himoyadagi xatosidan so'ng Dilshod Irsaliev darvozani ishg'ol qildi - 1:0.

Biroq oradan 3 daqiqa o'tgach hisob tenglashdi. Qudrat Bahodirining uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi darvozadan o'rin oldi - 1:1.

14-daqiqada forslar burchak to'pini tezda amalga oshirishdi, buni vakillarimiz kutishmagandi. Keshavarz gol urib Eronni oldinga olib chiqdi - 1:2.

Ikkinchi bo'lim boshida Rahmatovda gol urish uchun ajoyib vaziyat yuzaga kelgandi, zarbaga aniqlik etishmadi. Darvozabonimiz Klim Tyugaev kamida 5 marta eronliklarning kuchli zarbasidan so'ng o'zini ko'rsatdi.

Uchrashuv tugashiga 3 daqiqa qolganida Mendez tavakkal qilib Konstantin Sviridovni o'ynovchi darvozabon sifatida maydonga tushirdi. Biroq so'nggi daqiqalarda vakillarimiz forslar himoyasini yorib o'ta olishmadi. Eron 11-bor Osiyoda chempion bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasi esa to'rtinchi bor qita chempionati kumush medallariga ega bo'ldi.

O'zbekiston - Eron 1:2

MATNLI TRANSLYACIYA

Gollar: Dilshod Irsaliev 6 - Qudrat Bohodiriy 9, Muhammad Keshavarz 14.

Hakamlar: Kozaki Tomoxiro, Liu Jiankiao, Rey Ritaga, Trong Kvok Dung.

O'zbekiston: 1. Rustam Umarov, 7. Dilshod Rahmatov, 8. Farhod Abdumavlonov, 11. Artur Yunusov, 14. Konstantin Sviridov.

Zaxira: 2. Dilshod Irsaliev, 3. Nodir Eliboev, 4. Feruz Fahriddinov, 5. Davron CHoriev, 6. Javlon Anorov, 9. Andrey SHlema, 10. Jamoliddin SHaripov, 12. Akmaljon Xazratqulov, 13. Klim Tyugaev.

Eron: 1. Seper Muhammadi, 5. Hamid Ahmadi, 7. Asqar Hasanzoda, 9. Rizo Sansefidi, 12. Hussayn Toyibi.

Zaxira: 2. Alirozi Samimi, 3. Javad Isfandari, 4. Muhammad Keshavarz, 6. Alirizo Vafoi, 8. Qudrat Bahodiri, 10. Muhammad Tohiri, 11. Mehran Aliqodir, 13. Farhod Tavakkoli, 14. Mahdi Javid.


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика