So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Futzal. O'zbekiston Osiyo chempionati saralashida ishtirok etish uchun Eronga boradi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston Osiyo chempionati saralashida ishtirok etish uchun Eronga boradi

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yilgi Osiyo chempionatining saralash bahslarida ishtirok etish uchun Eronga boradi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz saralashda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasining “A” guruhidan joy olgan. Guruhda vakillarimizga Qirg'iziston, Turkmaniston va Nepal raqiblik qiladi. Guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni olgan jamoalar qita birinchiligiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.

Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidagi saralash bellashuvlari Eronning Tabriz shahrida bo'lib o'tadi. "A" va "B" guruhi jamoalari Osiyo chempionatiga kimlar borishini aynan Tabrizda bilib olishadi. Forslar yurti mezbonlik qiladigan saralash o'yinlari 15-17 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Ayni paytda O'zbekiston terma jamoasi Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligida Toshkentda yig'in o'tkazmoqda va bo'lajak bellashuvlarga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi Eronga 13 oktyabr kuni Istanbul orqali uchib ketadi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика