Futzal. O'zbekiston bugun Bahrayn bilan o'ynaydi
01 okt 2022 08:29
Yangiliklar


Futzal. O'zbekiston bugun Bahrayn bilan o'ynaydi
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-tur o'yinini o'tkazadi.
Guruhdagi so'nggi o'yinda futzalchilarimizga Bahrayn terma jamoasi raqiblik qiladi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi.
Mazkur o'yinda futzalchilarimiz to'liq ko'k libosda, darvozabonimiz esa sariq libosda harakatlanadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 2-turdan so'ng 6 ochko jamg'argan holda, guruh peshqadami bo'lib turibdi va chorak final yo'llanmasini naqd qilib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar