Futzal. Osiyo chempionatining rasmiy to'pi namoyish etildi
06 dek 2015 17:41
Yangiliklar


Futzal. Osiyo chempionatining rasmiy to'pi namoyish etildi
Kelasi yilning 10-21 fevral kunlari poytaxtimizda o'tkaziladigan futzal bo'yicha Osiyo chempionatida o'ynaladigan rasmiy to'p namoyish etildi.
Nike kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Rolinho Premier to'pi terma jamoamizga omad va g'alaba keltirishiga ishonamiz.
Malumot o'rnida aytish kerak, yaqinda Eronda o'tkazilgan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ham ushbu to'plardan foydalanilgan edi.
Eslatib o'tamiz, qura natijasiga ko'ra, terma jamoamiz Qirg'iziston, Livan va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan birga “A” guruhidan joy olgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar