Futzal. Osiyo chempionati. O'zbekiston - Kuvayt o'yini g'olibi yarim finalda Yaponiya bilan o'ynaydi
04 okt 2022 20:21
Yangiliklar


Futzal. Osiyo chempionati. O'zbekiston - Kuvayt o'yini g'olibi yarim finalda Yaponiya bilan o'ynaydi
Bugundan etiboran pley off bosqichi uchrashuvlari start oldi. Kun chiqar yurt vakillari hisoblangan Yaponiya chorak finalda Indoneziyani 3:2 hisobida taslim qildi. Endilikda ular yarim finalda O'zbekiston - Kuvayt uchrashuvi g'olibiga qarshi to'p tepishadi.
Futzal. Osiyo chempionati. CHorak final
YAPONIYA - INDONEZIYA 3:2
Gollar: Sora Kanazava, Soma Mizutani, Xigor Pires - Samuel Eko, Deva Rizki
Yaponiya (birinchi beshlik): 1. Xigor Pires, 3. Soma Mizutani, 5. Artur Oliveyra, 6. Tomoki Yoshikava, 9. Neto Antonio Xirata
Zaxira: 2. Gilerme Kuromoto, 4. Ishida Kentaro, 7. Sora Kanazava, 8. Atsuya Uemura, 10. Krepaldi Vinisius, 11. Kazuya SHimicu, 12. Kokora Xarada, 13. Takumi Nagasaka, 14. SHunta Uchimura
Indoneziya (birinchi beshlik): 2. Muhammad Nizar Nayriddin, 4. Moxammad Iqbal Rahmatullax, 5. Deva Rizki Amanda, 11. Firman Adriansiyax, 12. Samuel Eko
Zaxira: 1. Muhammad Nazil Purnama, 3. Muhammad Rizki Xavier, 6. Vendiy Brian Lindrey, 7. Siyauqi Saud, 8. Adriansiyax Nur, 9. Rio Putra, 10. Muhammad Fajrian, 13. Reza Gunavan, 14. Riyan Reynaldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar