Futzal. Oliy liga. Final. "Ardus" birinchi o'yinda g'alaba qozondi
12 may 2016 20:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/207784_original.jpg)
![](/upload/storage/207784_220.jpg)
Futzal. Oliy liga. Final. "Ardus" birinchi o'yinda g'alaba qozondi
Finalda amaldagi chempion "Olmaliq" besh karra chempion "Ardus" bilan g'oliblik uchun kurash olib boradi.
O'yinning beshinchi daqiqasida Alan Aminov raqib darvozasini ishg'ol etdi va "Ardus"ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Farhod Abdumavlonov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Birinchi bo'lim "Ardus"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Ketma-ket uyushtirilayotgan hujumlarga qaramay gol bo'lmayapti. "Olmaliq" uchrashuv yakunlanishiga 5 daqiqa qolganda o'ynovchi darvozabonni tushirdi.
36 daqiqada Artur Yunusov bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi.
Uchrashuv "Ardus"ning yirik g'alabasi bilan yakunlandi. Jamoalar ertaga 18:00 da "O'zbekiston" sport majmuasida ikkinchi uchrashuvni o'tkazishadi.
Oliy liga, final
12.05.2016
"Ardus" - "Olmaliq" 3:0
Gollar: A.Aminov 5, F.Abdumavlonov 20, A.Yunusov 36
"Ardus" (birinchi beshlik): Nikolay Kravchenko, Artur Yunusov, Dilshod Irsaliev, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov.
Zaxira: Ravshan Eliboev, Elyor Samadov, SHaxzod Bo'riev, Davron Abdurahmonov, Eldor Hoshimov, Davron CHoriev, Ilhom Xamroev, Alan Aminov, Nodir Eliboev.
"Olmaliq" (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Konstantin Sviridov, Jamoliddin SHaripov, Javlon Anorov, Sirojiddin Mahmudov.
Zaxira: Klim Tyugaev, Andrey SHlema, Xurshid Umaraliev, Maqsud Fayzullaev, Sunnat Kuralov, G'ulom Mamajonov, Rustam Tog'aev, Timur Sadirov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar