So’nggi yangiliklar

17:53"Барселона" Бруно Гимараэшни сотиб олмоқчи, аммо бунинг учун клуб сардорларидан бирини сотиши керак  1 17:22"Манчестер Юнайтед" мухлислари буни кўрмагани яхши  4 16:49"Пахтакор" бош мураббийи: "Бизни яхши даражадаги рақиб билан кескин ўйин кутмоқда"  8 16:28"Андижон" ўртоқлик учрашувида Конференция лигаси иштирокчисига имкониятни бой берди  2 15:59Роналду: "Килианнинг ўрнида бўлганимда, Криштианудек ўйнаган бўлардим"   14 15:08"Локомотив" назорат учрашувида "Динамо"дан устун келди  0 14:40Санчо Рэшфорднинг "Астон Вилла"га ўтганига муносабат билдирди  5 14:28ПФЛга мурожаат. Про лигадаги сукунат қачон тугайди?  0 14:11"Сурхон" ПФКга янги Бош директор тайинланди  1 13:23"Фулхэм" "Рома" футболчисини ижарага олмоқчи  0 12:55"Ал Гарафа" - "Пахтакор". Ўзаро ўйинларда устунлик Қатар клубида  8 12:37Жон Стоунз: "Арсенал"га қарши ўйин учун мухлислардан кечирим сўрайман"  5 12:13Аёллар футзали. Ўзбекистон терма жамоаси CAFA мусобақасини Эронга қарши ўйин билан бошлайди  0 11:57Хосеп Гвардиола Ҳусановнинг вазияти ҳақида гапирди   17 11:29"Насаф" Туркияга учиб кетди  7

Futzal. Oliy liga. Bugungi o'yinlardan keyin murabbiylar fikrlari Yangiliklar

Futzal. Oliy liga. Bugungi o'yinlardan keyin murabbiylar fikrlari

Bugun Jizzax va Olmaliq shaharlarida o'tkazilayotgan mamlakat chempionati 6-turining ikkinchi kungi o'yinlari o'tkazildi.

Bahslar yakuniga etgach, jamoalar ustozlari o'z fikrlari bioan o'rtoqlashishdi.

Iskandar Mahmudov (“Stroitel-Zarafshon” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

– Raqib jamoada xavfli vaziyatlar ko'p bo'ldi. Tan olish kerak bugun bizga omad kulib boqdi. Baribir, shogirdlarim taktik ko'rsatmalarimni to'liq bajara olishmadi. Ayniqsa, raqib beshta futzalchi bilan harakatlangan vaqtda juda ham qiynaldik.

"Stroitel-Zarafshon"bilan uchrashuvdan so'ng (4:5) "temiryo'lchilar" ustozi Farhod Mirahmedov intervyu berishdan bosh tortdi.

Abdulla Bo'riev ("Bunyodkor" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

– Bugun og'ir bo'lishini bilardik. 1-2 vaziyatda o'z xatolarimiz tufayli gol o'tkazib yubordik va o'yindagi intizom yo'qoldi. 

Hakamlarning xatolari ham xalaqit berdi, o'yin janjal bilan tugashiga oz qoldi. SHu tufayli 3 kishi bo'lib qoldik va gol o'tkazdik.

CHarchoq ham o'z tasirini o'tkazyapti. Turlar orasi qisqa bo'lgani tufayli jarohatlangan futzalchilar tiklanishga ulgurishmayapti.

Lekin hayot davom etadi. Keyingi o'yinlarga tayyorlanishda davom etamiz va ertaga "Navbahor"dan ochko olishga harakat qilamiz.

Abdujabbor G'afforov ("Maksam-CHirchiq" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

– O'yin juda yuqori tempda va hujumlarga boy o'tdi. Birinchi golni kiritganimiz bizga qo'l keldi. Vaziyatlardan foydalana olishda bizning jamoaga omad ko'proq kulib boqdi, deb o'ylayman. Futzalchilarga yaxshi o'yin uchun rahmat aytaman.

Ravshan Rajabov ("Metallurg" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

– Og'ir g'alaba bo'ldi. Qo'lga kiritilgan yutuq uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Bugun g'olib bo'lishimizning asosiy sababchisi darvozabonimiz hisoblanadi, u ko'p vaziyatlarda bizni qutqarib qoldi.

Yigitlar charchab qolishdi. SHunga tanaffusdan keyin birinchi bo'limdagi o'yinimizni namoyish qilolmadik. Vaziyatlarimizni golga aylantirolmadik va 2 ta to'p o'tkazib yubordik. Lekin oxirigacha kurashgan futzalchilarga yana bir bor rahmat aytaman.

Dilshod Haydarqulov (“Dinamo” futzal jamoasi bosh murabbiyi):

– "Nasaf" ancha vaqtdan buyon Oliy ligada o'ynab keladi. O'z vaqtida jamoa azolari medallar uchun ham kurashishgan. Bugun yigitlar nisbatan kamroq xato qilishdi va taymni 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunladik. 

Tanaffusda yigitarga qanday harakat qilish kerakligini tushuntirdik va 3 ta gol kiritib, g'alaba qozondik. Bugun kuchli jamoa g'alaba qozondi, deb o'ylayman.

Xurshid Tojiboev ("Navbahor" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

– Jizzax jamoasi bilan o'yin oson kechmasligini bilar edik. SHunga qaramasdan, jamoamiz futzalchilari yaxshi harakatlanishdi. O'z xatolarimiz tufayli gollar o'tkazib yubordik. 

Bugun himoyaviy o'yin ko'rsatdik. Mag'lubiyatga uchragan bo'lsak ham, futzalchilarim o'yinidan qoniqish hosil qildim.

Bahodir Ahmedov ("Huaxin-Jizzax" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

– "Navbahor" jamoasi juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. O'z jamoamiz o'yiniga keladigan bo'lsak, futzalchilarim o'z o'yinini topa olishdi, har bir vaziyatga jiddiy yondashishdi. 

O'yin menga juda yoqdi, asosiysi g'alaba qozondik.

SHuhrat Tashmedov ("Paxtakor" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

– Uchrashuv boshida AGMKdan ikkita tezkor gol o'tkazib yubordik. SHunga qaramasdan, tezda o'zimizga keldik. Birinchi bo'limda bitta gol urdik. 

Ikkinchi bo'limni yaxshi boshlagan edik. Lekin o'z xatolarimiz evaziga uchinchi to'pni ham o'tkazib yubordik. Hisobni tenglashtira oldik, g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi.

Keyingi o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Aleksandr Petrov (AGMK futzal jamoasi bosh murabbiyi):

– Juda ham qiziqarli o'yin guvohi bo'ldik. 3:1 hisobida g'alaba qozona turib, ikkita gol o'tkazib yuborganimiz — o'zimizning aybimiz. Ikkala gol ham oddiy xatolarimiz evaziga o'tkazib yuborildi. 

Durang bu mag'lubiyat emas. Tushkunlikka tushmasdan, o'ynashda davom etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика