Futzal. Nurjan Doskeev: "Turnir ananaviy tus olishini xohlardim"
06 dek 2014 13:37
Yangiliklar

Futzal. Nurjan Doskeev: "Turnir ananaviy tus olishini xohlardim"
"O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tgan "Tashkent Cup-2014" xalqaro turnirida Qozog'iston terma jamoasi g'alaba qozondi.
Turnir nihoyasiga etgandan so'ng Qozog'iston Futzal Federaciyasi vice-prezidenti Nurjan Doskeev bilan suhbatlashdik.
"Musobaqa g'olibi bo'lganimizdan xursandmiz. Yigitlar o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsata olishdi. Aslida biz jamoa oldiga hech qanday natija qo'ymagan edik. Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish va yangi futzalchilarni sinovdan o'tkazish edi. Bilasiz keyingi yilning mart oyida Ruminiyada Evropa chempionati saralashi bo'ladi. Toshkentdagi musobaqa saralash bahslariga dastlabki tayyorgarlik vazifasini bajarib berdi desam yanglishmayman. Evropa chempionatiga qadar oldimizda yana ikkita shunday musobaqa bor", - deydi Nurjan Doskeev.
"Tashkent Cup-2014"ning barcha tashkilotchilariga, O'FA rahbariyati, muxlislarga va jurnalistlarga rahmat aytmoqchiman. Musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqa ananaviy tus olishini xohlardim. Agar taklif bilan chiqishsa albatta ishtirok etamiz. Har holda biz qo'shnilarmiz. O'zbekiston bilan bahs durang bo'ldi, adolatli natija bo'ldi. Toshkentda avval ham bo'lganman, ajoyib shahar. O'zim ham vaqtida shu erga kelib futzal o'ynaganman, bu erda juda ko'p do'stlarim bor. Umuman barcha-barchaga rahmat".
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Fikrlar