So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Futzal. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng murabbiylar fikrlari Yangiliklar

Futzal. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng murabbiylar fikrlari

Xabaringiz bor, bugun Farg'onadagi "Samo" arenasida futzal bo'yicha Oliy liga bahslariga start berildi.

Musobaqaning ochilish o'yinida Toshkent shahring ikki jamoasi "Lokomotiv" va "Bunyodkor" klublari o'zaro to'qnash keldilar va uchrashuvda temiryo'lchilar 4:1 hisobida g'alabaga erishdilar. 

Quyida o'yin yakunida har ikki jamoa murabbiylari tomonidan bildirilgan fikrlar etiboringizga havola etiladi.

Farhod Mirahmedov ("Lokomotiv" murabbiyi) - Yangi mavsumdagi birinchi uchrashuvda ishtirok etdik. Yangi to'plar berildi. Qolaversa bu parketda to'p yurishi qiyin kechdi. Nafaqat biz, raqib ham qiynaldi. To'pni oshirishda muammolar yuzaga keldi. Futzal chempionatimizda yaxshi jamoalar ko'paydi. "Bunyodkor" tarkibidagi yoshlar ancha o'sishga erishdi. Bizning tarkibimizda terma jamoa futbolchilari bo'lishiga qaramasdan, raqib munosib qarshilik ko'rsata oldi.

Abdulla Bo'riev ( "Bunyodkor" bosh murabbiyi") - Avvalombor barcha futzal muxlislarini mavsumning ochilish uchrashuvi bilan tabriklayman. O'ylaymanki, chempionatimiz bu yil ancha qiziqarli va shiddatli ruhda o'tadi. Ko'p jamoalar deyarli bir xil darajada, desam mubolag'a bo'lmaydi. Mavsumga tayyorgarlikni avgust oyidan boshladik. Tayyorgarlikni yaxshi olib bordik. O'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazildi. Bugun mavsumdagi ilk o'yinimiz edi. Yigitlar biroz qiynalishdi. Umuman olganda bir xil o'yin bo'ldi. Imkoniyatlaridan foydalangan jamoa g'alaba qozondi. Keyingi o'yinlarda bugungi xato va kamchiliklarni bartaraf etib ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика