So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  3 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  3 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Futzal. JCH-2016. Mundialdagi ilk g'alabamizga 13 soniya etmadi Yangiliklar

Futzal. JCH-2016. Mundialdagi ilk g'alabamizga 13 soniya etmadi

Futzal bo'yicha Kolumbiyada o'tkazilayotgan Jahon chempionati davom etmoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun ikkinchi tur uchrashuvini mezbonlar Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o'tkazdi.

JCH-2016
2-tur, 14.09.2016
Kali, "Kolizeo el Pueblo"

Kolumbiya - O'zbekiston 3:3

Bosh hakam: Ondrey CHerni (CHexiya)
Ikkinchi hakam:
Alessandro Malfer (Italiya)
Uchinchi hakam:
Paskal Lemal (Belgiya)
Vaqtga masul hakam:
Tomoxiro Kozaki (Yaponiya)

Gollar: X.Abril 18, A.Karo 37, 40 - J.Anorov 5, D.Irsaliev 15, N.Eliboev 28

Kolumbiya (birinchi beshlik): 1.Nanez, 6.Sierra, 8.Abril, 10.Anxellot, 14.Andres Reyes.
Zaxira: 12.Mexia, 2.Ortiz, 3.Suniga, 4.Eisson, 5.Yefri, 7.Jonatan, 9.Yulian, 11.Bolivar, 13.Otero.

O'zbekiston (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov.
Zaxira: 12.Akmal Xazratqulov, 2.Dilshod Irsaliev, 3.Nodir Eliboev, 4.SHuhrat Tojiboev, 5.Davron CHoriev, 6.Mashrab Odilov, 9.Ilhom Xamroev, 10.Javlon Anorov, 13.Feruz Faxriddinov.

Ogohlantirish: Yefri Dukue 21, X.Ortiz 26, X.Abril 26



MATNLI TRANSLYACIYA

Uchrashuv yakunlandi. Afsuski deyarli qo'limizda turgan g'alabani boy berdik, hech qisi yo'q, chiroyli o'yin uchun rahmat yigitlar.

40. Gol, afsuski uchrashuv yakunlanishiga 13 soniya qolganda terma jamoamiz gol o'tkazib yubordi.

40. Umarovvvvvvvv

39. Raqib hujumlari havotirli...

Xose Mariya Mendez taym-aut oldi.

38. Darvoza to'sini bizni goldan qutqarib qoldi.

37. Gol, Rahmatov to'pni tepib yubormoqchi edi, afsuski to'p Karoga tegib uni o'zida qoldi va gol. Hozircha 2:3.

36. Yunusovdan ajoyib blok.

35. Kolumbiya o'ynovchi darvozabonni tushirdi.

35. Kolumbiya murabbiyi taym-aut oldi.

34. Sviridovning zarbasi noaniq.

34. Zarba, yana zarba, yana zarba.... Rustam Umarovdan ketma-ket uchta super seyvlar. Barakalla!

32. Zarbaaa, Eliboev birga-bir vaziyatda imkoniyatdan foydalana olmadi.

31. Raqib zarbasiga Abdumavlonov blok qo'ydi.

30. Zarbaaa, Rahmatov juda ham qulay vaziyatni ko'kka sovurdi.

28. Gooooooollllllllllll, Nodir Eliboeeeeeevvvvv, 1:3. Dilshod Irsalievning burchakdan etkazib bergan to'pini Nodir Eliboev darvozaga yo'lladi.

28. Zarbaaa, Anorovning zarbasini Nanez urib yubordi.

26. Qarshi hujumga ketayotgan Yunusovni yiqitgani uchun Xorxe Abril ogohlantirildi.

26. Ortiz ogohlantirildi.

25. Kolumbiyalik o'yinchining zarbasidan keyin to'p Eliboevning qo'liga tekkan ekan, hakam buni ko'rmay qoldi.

23. Vakillarimiz Toroga zarba berish imkonini berishdi, Umarov o'z joyida.

23. Karo Eliboev bilan to'qnashib ketdi va maydonda yotibdi.

23. Yefri Dukening aniq zarbasini darvozabonimiz qaytardi.

22. Rahmatov pas berishda xatoga yo'l qo'ydi, Umarov esa navbatdagi bor xavfni bartaraf etdi.

21. Yunusovga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun Yefri Duke ogohlantirildi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Olg'a O'ZBEKISTON!


Birinchi bo'lim o'z yakuniga etdi, futzalchilarimizdan ikkinchi bo'limda ham mana shunday natijaviy o'yin kutib qolamiz.

20. Birinchi bo'lim yakunlanishiga 12 soniya qolganda Karoning zarbasidan keyin jamoamizni goldan darvoza ustuni qutqarib qoldi.

19. Zarbaaa, Irsaliev yana bitta gol urishi mumkin edi, uning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

18. Anorovning zarbasini Nanez maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

18. Gol, afsuski vakillarimiz to'p o'tkazib yuborishdi. Gol muallifi Xorxe Abril. Bu vaziyatda to'p rikoshet bilan keldi va bu Umarovni chalg'itdi.

18. Umarovdan navbatdagi seyv.

17. Rahmatovdan kuchli zarba, biroq salgina noaniq.

17. Mezbonlar hujumga zo'r berishmoqda, bunday holatda bizda qarshi hujumdan gol urish imkoniyati oshishi mumkin.

15. Pulpis taym-aut oldi.

15. Goooooolllllll, Dilshod Irsalieeeeeevvvvv, 0:2. Eliboevdan aqlli pas va Irsalievdan gol.

14. Suniga Anorovni chiroyli tarzda aldab o'tdi va aniq zarba berdi. Rustam o'z joyida.

13. Sardorimiz Artur Yunusov engil jarohat olib maydonni tark etdi.

12. Zarbaaa, Rustam Umaroooovvv. Barakalla Rustam, birga-bir vaziyatda jamoamizni goldan qutqardi.

11. Kolumbiya xavfli nuqtadan jarima zarbasi tepadi.

10. Reyesning zarbasini Umarov ushlab oldi.

Kolumbiya ustozi Arni Fonnegra taym-aut oldi.

10. Kolumbiya hisobni tenglashtirish uchun bosim uyushtirishga urinmoqda.

8. Zarbaaa, Rahmatov juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

Kolumbiya futzalchilari uzoqdan juda ko'p zarba berishmoqda.

7. Uhhh, Rahmatov to'pni raqibga oldirib qo'ydi va bu bizning darvozamizga burchak zarbasi keltirdi. Bunday xatolar oldingi o'yinda qimmatga tushgan edi.

5. Gooooooooollllllll, Javlon Anorovvvvvvvv, 0:1. Irsalievning zarbasini Nanez qaytardi, vaytgan to'pni Anorov darvozaga kiritib yubordi.

5. Kolumbiyaning hujumlari tobora xavfli ko'rinish olmoqda.

4. Zarbaaa, Anorovning chiroyli pasidan keyin Eliboev to'pni havodayoq darvoza tomon yo'lladi, biroz aniqlik etishmadi.

3. Kolumbiyalik futzalchi deyarli bo'sh darvozani ishg'ol eta olmadi.

3. Zarbaaa, burchakdan keyin Rahmatov bergan aniq zarbani raqiblarimiz darvozaboni Karlos Nanez qaytardi.

3. Andres Reyesning uzoqdan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

2. Zarbaa va Rustam Umarovdan ketma-ket ikkita ajoyib seyv.

Uchrashuv boshlandi, uni biznikilar boshlab berishdi. Olg'a O'ZBEKISTON!

Jamoa sardorlari kim o'yinni boshlab berishini aniqlab olishdi.

Bugun Kolumbiya sariq libosda, O'zbekiston terma jamoasi esa avvalgi o'yindagi kabi oq rangli libosda harakat qiladi.

Endi esa Kolumbiya madhiyasi yangramoqda.

O'zbekiston madhiyasi yangramoqda.

Jamoalar arenaga chiqib kelishmoqda.

Jamoalar yo'lakchada bosh hakamning hushtagini kutib turishibdi. Yigitlarning kayfiyati yaxshi. Bu orada har ikkala davlat bayroqlari arenaga olib chiqildi.

Biroz avval guruhimizdagi Panama hamda Portugaliya terma jamoalari o'zaro hisob-kitob qilib olishdi. Uchrashuvda portugallar 9:0 hisobida g'alaba qozonishdi va keyingi bosqich masalasini deyarli hal qilib bo'lishdi.

Assalom alaykum qadrli futzal ishqibozlari! Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi mundialdagi ikkinchi uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o'tkazadi, o'yin Toshkent vaqti bilan 06:00da boshlanadi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика