So’nggi yangiliklar

18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  11 18:37Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  0 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  13 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  23 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  11 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  0 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  14 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4

Futzal jamoalariga ochiq havoda mashg'ulot o'tkazishga ruxsat berildi Yangiliklar

Futzal jamoalariga ochiq havoda mashg'ulot o'tkazishga ruxsat berildi

Malumki, joriy yil 16 martdan rejalashtirilgan barcha futbol musobaqalari, musobaqalarga tayyorgarlik mashg'ulotlari va tadbirlari koronavirus infekciyasiga barham berilguniga yoki Respublika maxsus komissiyasi tomonidan musobaqalarni o'tkazishga ruxsat etilguniga qadar vaqtincha to'xtatilgan edi.

Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 29 maydagi 26-sonli yig'ilish bayoniga asosan professional futbol klublariga o'z o'quv-mashg'ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda boshlashiga hamda joriy yil 5 iyun kunidan O'zbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarini davom ettirilishiga rasman ruxsat berilgan edi.

4 iyun sanasidan O'zPFL tasarrufidagi barcha futzal jamoalariga ochiq havoda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qatiy rioya qilgan holda mashg'ulotlarni boshlashga ruxsat etildi.

Futzal jamoalariga yopiq sport inshootlarida shug'ullanishga va musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berilguniga qadar ochiq havodagi futbol maydonlarida vaqtincha mashg'ulot o'tkazib turishlari tavsiya etiladi.



Eslatib o'tamiz, hozircha futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatida "Paxtakor" jamoasi 3 o'yinda 100 foizlik natija qayd etgan holda peshqadamlik qilib turibdi.

Futzalimizni etim qilib qo'ymang!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика