So’nggi yangiliklar

23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  2 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  6 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  3 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  3 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  7 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1

Futzal. Dastlabki turning eng, eng, englari Yangiliklar

Futzal. Dastlabki turning eng, eng, englari

19-24 oktyabr kunlari “O'zbekiston” sport majmuasida futzal bo'yicha XX milliy chempionatimizning birinchi tur bahslari o'tkazildi.

Quyida dastlabki turning eng, eng, englarini keltirib o'tamiz.

Eng yaxshi jamoa – “Do'stlik-AIN” (Qarshi)


Qarshining “Do'stlik-AIN” klubi shubhasiz birinchi turning eng yaxshi jamoasi bo'ldi. Qarshiliklar amaldagi chempion “Olmaliq”ni 2:0 hisobida mag'lub etishganining o'ziyoq ularning mavsumga tayyorgarligi qay darajada ekanligini ko'rsatib turibdi. “Do'stlik-AIN” beshta o'yinda 4 g'alaba va 1 durang bilan 13 ochko jamg'argan holda turni peshqadam sifatida yakunladi.


Eng yaxshi darvozabon – Akmal Xazratqulov (“Do'stlik-AIN”)


O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod hisoblangan ushbu darvozabon turni ajoyib tarzda o'tkazdi. Ayniqsa, “Olmaliq”qa qarshi bahsdagi o'yini bilan terma jamoada o'ynashga munosib ekanligini ko'rsatdi.


Eng omadsiz jamoa – “Bunyodkor” (Toshkent)


“Qaldirg'ochlar” doimo so'nggi soniyalar jabrini chekib kelishadi. Yangi mavsumning birinchi turi ham bundan mustasno bo'lmadi. Avvaliga, Abdulla Bo'riev jamoasi birinchi kuni “Do'stlik-AIN”dan uchrashuv yakunlanishiga 15 soniya vaqt qolganida to'p o'tkazib yuborgani uchun mag'lub bo'ldi. To'rtinchi kunda “Nafis”dan bor yo'g'i 9 soniya qolganda o'tkazib yuborilgan gol evaziga g'alabadan mosuvo bo'lishdi. Beshinchi kuni esa “Olmaliq” bahs tugashiga 30 soniya qolganida “Bunyodkor” darvozasiga g'alaba to'pini kiritdi.


Eng omadsiz o'yinchi – Oleg Tukmakov (“Bunyodkor”)


Aynan Olegni turning eng omadsiz o'yinchisi sifatida tanlaganimizning sababi uning kutilmaganda olgan jarohati. Darvozabon ikkinchi kuni “Maksam-CHirchiq”qa qarshi o'yinda yo'q joydan jarohat orttirib oldi. Oleg to'pni qaytarish uchun otilganda erga noqulay tarzda tushdi, natijada tomirlari ezilib barmoqlari sezmay qoldi. Ayni paytda shifokorlar uning tezda tuzalib ketishi aytishmoqda. Umid qilamizki, Oleg ikkinchi turda yana parketga qaytadi.


Eng yaxshi o'yin  –  “Do'stlik-AIN” – “Bunyodkor” 3:2


Oliy liganing eng “yovvoyi” futbol namoyish etuvchi 2 jamoasi o'rtasidagi qarama-qarshilik turni bezab beruvchi o'yin bo'ldi. Avvaliga toshkentliklar 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgandi, ikkinchi bo'limda esa qarshiliklar tinimsiz hujumlar uyushtirishdi. Har ikki jamoa ham ketma-ket golli vaziyatlarni yaratdi. Xullas, aynan shu uchrashuv tomoshabinlarni hayajonda ushlab turdi. Futzaldan zavq olishni istagan muxlislarga shu o'yinni tavsiya qilgan bo'lardik. Jamoalar balki to'liq “gramotnyy” o'yin ko'rsatishmagandir, lekin o'yin tempi yuqori darajada edi.\


Eng ko'p gol urgan jamoa – “Ardus” (33 ta)


“Ardus” birinchi kungi bellashuvda “Olmaliq”qa 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergach, keyingi o'yinlardagi raqiblarini ayab o'tirmadi. Nikolay Odushev shogirdlari raqiblar darvozasiga jami 33 ta gol urishdi. Solishtirish uchun bu borada ikkinchi o'rindagi “Turon” hamda “Lokomotiv” jamoalari birinchi turda 19 tadan gol urishdi.


Eng ko'p gol o'tkazgan jamoa – “Lokomotiv” (32 ta)


“Temiryo'lchilar” dastlabki ikki uchrashuvda g'alaba qozongach tempni tushirib yuborishdi. Beshta o'yinda 32 ta to'p o'tkazib yuborish juda ko'p nazarimizda. SHunga qaramay klub 6 ochko bilan turnir jadvalining oltinchi pog'onasini band etib turibdi.


Eng kam gol o'tkazgan jamoalar – “Olmaliq”, “Ardus” (8 tadan)


“Olmaliq” faqatgina “Ardus”ga qarshi o'yinda (3:0), “Ardus” esa “Maksam-CHirchiq”qa qarshi kurashda (9:0) o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi. Qolgan uchrashuvlarda esa bu ikki klub bir xil sakkiztadan to'p o'tkazib yubordi. Keyingi pog'onada darvozasidan 9 ta gol olib chiqqan “Do'stlik-AIN” jamoasi turibdi.


Eng kam gol urgan jamoa – “Paxtakor” (11 ta)


Bu mavsumda bir nechta asosiy o'yinchilarini boshqa jamoalarga qo'yib yuborgan “Paxtakor”ning ishlari yaxshi emas. Klub birorta ham g'alabani qo'lga kirita olmagani etmagandek gol urish bobida ham eng passiv jamoa. Ikkinchi o'rinda 13 ta gol urgan “Bunyodkor” bo'lsa, hozircha peshqadam bo'lib turgan “Do'stlik-AIN” raqiblar darvozasiga bor yo'g'i 14 ta to'p kiritgan. Ko'rinib turibdiki Akrom Yo'ldoshev jamoasida gollarning salmog'i ancha yuqori.


Eng sermahsul o'yin  – “Lokomotiv”–“Kogon” 8:6


Birinchi turning dastlabki kunida o'tkazilgan “Lokomotiv” hamda “Kogon” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda darvozalarga jami 14 ta to'p kiritildi. O'yin toshkentliklarning 8:6 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Tolibjon Qosimov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика