Genrix Mxitaryan finalda PSJdan uchralgan mag'lubiyat haqida Kivu nima deganini aytdi?
26 dek 2025 21:35
Yangiliklar
Genrix Mxitaryan finalda PSJdan uchralgan mag'lubiyat haqida Kivu nima deganini aytdi?
Milan klubi ushbu bahsda 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Shundan keyin "Inter"da bosh murabbiy almashdi va Simone Inzagi o'rniga Kristian Kivu ish boshladi.
- ECHL finalidagi mag'lubiyat jamoaga qanchalik tasir qildi?
- Biz finalgacha bo'lgan yo'lni unutmasligimiz kerak. Mavsum juda uzoq davom etdi, klublar o'rtasidagi jahon chempionatini hisobga olsak, biz 63 o'yinda qatnashdik. Kivu qiyin vaziyatda bizni qabul qilib oldi. Futbolda ruhiy tushkunlik va ko'tarilish ham bo'lib turadigan holat. ECHL finalidagi mag'lubiyatdan keyin ruhan tushkunlikka tushib qoldik. Biroq tezda tiklanib olmasak, raqobatbardoshlikni yo'qotishimizni tushundik.
- Kivu to'g'ri so'zlarni aytib, holatdan chiqishga qanchalik yordam berdi?
- U fantastik futbolchi bo'lgan va bunday holatlardan ham o'tgan. U biz bilan nimalar bo'layotganini bildi va ishonchni, umid va kuchni oshiradigan so'zlarni aytdi. U bizga o'tmishni o'zgartirishning iloji yo'qligini, ammo kelajakni o'zimiz qurishimizni tushuntirdi. Uning maslahatlari bilan yuksalishga harakat qilmoqdamiz, - dedi Mxitaryan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar