So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

Futzal. Darvozabonlar murabbiylari uchun Level-1 xalqaro o'quv kurslari bo'lib o'tdi Yangiliklar

Futzal. Darvozabonlar murabbiylari uchun Level-1 xalqaro o'quv kurslari bo'lib o'tdi

Teglar :  Level 1Futzal
Joriy yilning 25-29 dekabr kunlari Toshkent shahridagi “O'zbekiston” mehmonxonasida futzal bo'yicha darvozabonlar murabbiylari uchun OFKning Level-1 xalqaro o'quv kurslari bo'lib o'tdi.

SHuni ham alohida takidlash kerakki, darvozabonlar murabbiylari uchun bunday o'quv kurslari O'zbekiston futbol federaciyasi tashabbusi bilan O'zbekistonda ilk marta tashkil etilmoqda. Mazkur o'quv kurslari ishtirokchilar uchun bepul bo'lib, xarajatlar O'zbekiston Futbol federaciyasi tomonidan qoplanmoqda.  

Ushbu kurslarda jami 16 nafar murabbiylar ishtirok etdi. Eron mamlakatidan tashrif buyurgan OFK instruktori Maykl Petros murabbiylar bilan nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazdi. Mayl Petrosga futzal bo'yicha terma jamoamiz darvozaboni Rustam Umarov assistentlik qildi.

Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan murabbiylarga OFK sertifikati va O'zbekiston futbol federaciyasi licenziyasi taqdim qilinadi.


"Level-1 xalqaro o'quv kurslarini tashkil etishdan asosiy maqsad yurtimizda yuqori saviyali darvozabonlarni tayyorlashdan iborat. Bunday tadbirlar kelasi yilda ham futzal murabbiylari uchun tashkil qilinadi", - deydi O'FF Texnik rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Rustam Tolibjonov.  

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика