So’nggi yangiliklar

22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkentga etib keldi Yangiliklar

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkentga etib keldi

Eronning Tabriz shahrida Osiyo chempionatiga saralash bosqichida ishtirok etgan futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent shahriga etib keldi.

17 oktyabr kuni Tabriz–Istanbul–Toshkent yo'nalishi bo'ylab yo'lga chiqqan Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi jamoa vakillari bugun, 19 oktyabr kuni tungi 01:30 da poytaxtga uchib keldi.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhida 3 ta o'yin o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan holda guruhda 1-o'rinni egalladi va Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma oldi.

Osiyo chempionati final bosqichi yo'lida O'zbekiston terma jamoasi dastlab Nepalni 14:1 hisobida taslim qilgan bo'lsa, keyin mos ravishda Turkmaniston (4:2) va Qirg'iziston (4:3) futzalchilari mag'lubiyatga uchratildi.

Futzal bo'yicha OCH saralashi
“A” guruhi o'yinlari
Tabriz shahri, Eron

15 oktyabr, 1-tur


O'zbekiston – Nepal 14:1
Qirg'iziston – Turkmaniston 5:3

16 oktyabr, 2-tur

Nepal – Qirg'iziston 0:5
Turkmaniston – O'zbekiston 2:4

17 oktyabr, 3-tur

O'zbekiston – Qirg'iziston 4:3
Turkmaniston – Nepal 9:3

Malumot uchun, futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kuni Xitoy Taypeyi mamlakatida bo'lib o'tadi. Unda qitaning 16 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика