⚡️ Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022. Bugun O'zbekiston TJ mezbonga qarshi o'ynaydi va 1/4 finalning qolgan bahslari bo'lib o'tadi
04 okt 2022 08:50
Yangiliklar


⚡️ Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022. Bugun O'zbekiston TJ mezbonga qarshi o'ynaydi va 1/4 finalning qolgan bahslari bo'lib o'tadi
Bugun, 4 oktyabr kuni Quvaytda davom etayotgan futzal bo'yicha Osiyo Kubogining chorak final uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
O'zbekiston termasiga bu bosqichda mezbon Quvayt raqiblik qiladi. Ularga qarshi uchrashuv 22:00 da start oladi. Bahodir Ahmedov shogirdlari mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o'tishsa, yarim finalda Indoneziya hamda Yaponiya juftligi g'olibiga qarshi bahs olib borishadi. Futzalchilarimiz bugun to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda o'ynaydi.
1/4 final juftliklari quyidagicha:
04.10.2022
13:00, Eron – Vetnam
16:00, Yaponiya – Indoneziya
19:00, Tailand – Tojikiston
22:00, O'zbekiston – Quvayt
O’xshash yangiliklar

Fikrlar