Futzal. AGMK OCHni yirik mag'lubiyat bilan boshladi FOTO
02 avg 2018 19:24
Yangiliklar
Futzal. AGMK OCHni yirik mag'lubiyat bilan boshladi FOTO
Bugun futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 1-turidan o'rin olgan o'yinlar davom ettirilmoqda.
"D" guruhidan joy olgan mamlakatimiz chempioni AGMK musobaqani yirik mag'lubiyat bilan boshladi. Aleksandr Petrov boshchiligidagi olmaliqliklar dastlabki turni Livan chempioni "Bank Beyrut"ga qarshi o'tkazishdi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.



Guruhdagi ikkinchi bahsda Eronning "Mes Sungun" klubi Tojikistonning "Sipar" jamoasini 9:2 hisobida taslim etgan edi.
Eslatib o'tamiz, AGMK musobaqaning o'tgan yilgi bellashuvlarida ham aynan "Bank Beyrut" bilan birga bahslashishgan va o'shanda 3:8 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar