So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Futzal. 2016 yil Toshkentda o'tgan, mundial yo'llanmasini taqdim etgan Osiyo chempionatini yodga olamiz Yangiliklar

Futzal. 2016 yil Toshkentda o'tgan, mundial yo'llanmasini taqdim etgan Osiyo chempionatini yodga olamiz

Bugun biroz ananamizdan chetga chiqqan holda futzal bo'yicha bizga yorqin va unutilmas lahzalarni taqdim qilgan Osiyo chempionatini yodga olamiz.

2016 yil Toshkentda o'tgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqqan edi.

Bundan oldin 2014 yil Vetnamdagi qita chempionatida Bahodir Ahmedov boshchiligida bronza medallariga ega chiqqan futzal terma jamoamiz endilikda yanada yuqori cho'qqilarni zabt etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygandi. SHu yilning o'rtalariga kelib 2011-2012 yillarda terma jamoamizni boshqargan ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes yana ortga qaytarildi va uning oldiga terma jamoani Jahon chempionatiga olib chiqish vazifa qilib belgilandi. 2016 yilgi Osiyo chempionati mezbonligi O'zbekistonga berilgach muvaffaqiyat qozonishimizga va tarixda ilk bor mundialga bora olishimizga ishonchimiz ortdi. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi degan gap bejiz aytilmaganku.



SHunday qilib 2016 yilning 10 fevral sanasidan etiboran poytaxtimizda qita turniriga start berildi. Bahslar “O'zbekiston sport majmuasi” va “Universal sport saroyi”da o'tkazilishiga kelishib olindi. Tabiiyki vakillarimiz musobaqa mezboni sifatida o'z ishtiroklarini “A” guruhidan boshlashdi. Dastlab ochilish uchrashuvida Saudiya Arabistoni yirik 5:2 hisobida taslim qilingan bo'lsa, ikkinchi turda futzalchilarimiz biroz qiynalishdi. O'shanda Sergey Polkovskiy murabbiyligidagi Qirg'iziston terma jamoasi bizga ancha bosh og'riq bo'libgina qolmay, munosib va jiddiy qarshilik ko'rsatishdi deya olamiz. Buni qayd etilgan natijadan ham bilish qiyin emas. 2:1 hisobida g'alabaga erishgan bellashuvimizda Dilshod Rahmatovning dubli bizga 6 ochko bilan chorak final yo'llanmasini taqdim qildi. Keyingi uchinchi turda Livanni engish hisobiga guruhda birinchi o'rinni egallashimiz va tahminan chorak finalda Iroq terma jamoasi bilan o'ynashimiz kerak edi. Ikkinchi o'rin esa narigi guruhda birinchi o'rinni egallagan Eronga ro'baro' qilardi. Amalda ham shunday bo'ldi. Livanlik raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan hamyurtlarimiz guruh g'olibi sifatida navbatdagi hal qiluvchi bosqchiga yo'l oldi.


Futzal. Osiyo chempionati-2016.
1-tur
O'zbekiston – Saudiya Arabistoni – 5:2
Gollar:
Davron CHoriev 17, 26, Jamoliddin SHaripov 25, Artur Yunusov 30, Konstantin Sviridov 33, - Atiax 24, Zafer 26.

2-tur.
Qirg'iziston – O'zbekiston – 1:2
Gollar:
Alimov 40, - Dilshod Rahmatov 20, 23.

3-tur.
O'zbekiston – Livan – 2:0
Gollar
: Javlon Anorov 11, Farhod Abdumavlonov 16.




CHorak final, hayajonli onlar, tarix zarvaraqlariga muxrlanadigan kun, futzalchilarimiz qahramonga aylanadigan kecha. Ha Iroq bilan kechadigan bahsga har qancha tarif bersa arziydi. Bizning o'yinchilar ruhiy tomondan raqibga qaraganda ancha baquvvat edilar, ular esa o'z guruhidagi ohirgi o'yindan Erondan naqd 13ta gol qabul qilib olgandi.
Bunday hal qiluvchi pallalarda murabbiyning maxorati birinchi darajaga chiqadi, u shogirdlarini bosimdan qay tarzda halos qilgani esa o'yin davomida bilinadi. Mendes esa bu ishni ajoyib tarzda uddaladi. O'yin jarayoniga va muhitiga moslashib olgan termamiz azolari birin-ketin golga tortadigan vaziyatlarni yaratishni boshlashdi. 18-daqiqaga kelib Dilshod Rahmatov iroqlik Muhammad Nur Neamax qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilganidan so'ng biroz xotirjamlikka berildik. Qaysidir manoda bu gol jamoaga umid va ishonch berdi. Keyingi bo'limlarda Rahmatov o'z hisobiga yana bir golni yozdirib qo'ygan bo'lsa, Nodir Eliboev ham bir bor to'p kiritdi - 3:0. Iroqdan esa Rafid Essa 40-daqiqada qizil kartochka olib chetlatilgandi. Bosh hakam Liu Jiankiaoning final hushtagining chalinishi esa O'zbekiston Kolumbiyadagi Jahon chempionatida ekanligidan dalolat berardi. Ochig'i, o'yindan keyingi hissiyotlarni va futzalchilarning holatini, ayniqsa Jamoliddin SHaripovning ko'z yoshlarini tiyib tura olmagani, barcha bir-birini tabriklayotganini so'z bilan ifodalab berish qiyin.


CHorak final
O'zbekiston – Iroq – 3:0
Gollar:
Dilshod Rahmatov 18, 39, Nodir Eliboev 31.





Yarim finalda qitada nomdor va yuqori darajada turuvchi Tailand bilan o'yinda biznikilar 1:2 hisobida ortda qolishayotgandi, so'nggi daqiqalarda Mendez Artur Yunusovni o'ynovchi darvozabon sifatida parketga tushirdi. Aynan Yunusovning goli hisobning 2:2 bo'lishini taminlagandi. Penaltilar seriyasida darvozamizga turgan Klim Tyugaev haqiqiy iroda ko'rsatgan holda mahoratini namoyish qildi. Butun turnir davomida kam imkoniyat berilgan Feruz Faxriddinov esa so'nggi zarbani aniq ijro etdi. O'zbekiston - finalda!


Yarim final.
O'zbekiston – Tailand – 2:2 (pen 3:1)
Gollar:
Jiravat 23 (avtogol), Artur Yunusov 48, - Jetsada, Apivat.
Penaltilar seriyasida: Konstantin Sviridov 1:0, Supxavut 1:1, Dilshod Irsaliev 2:1, Jiravat noaniq (Klim Tyugaev qaytardi), Feruz Fahriddinov 3:1.





Finalda Osiyoning grandi, bunga qadar raqiblar darvozasiga istagancha golarni urayotgan Eron raqiblik qildi. Ularning tarkibidagi Tavakkoli, Tayebi, Javid kabi o'yinchilar shularning o'zi hammasini hal qilib qo'yardi. Garchi, 1:2 hisobida mag'lub bo'lib kumush medallariga ega chiqqan bo'lsakda shu paytga qadar forslarga bunchalik jiddiy qarshilik ko'rsata olmagan edik. Yana bir narsa posbonimiz Rustam Umarovning jarohat olgani sababli o'yinni Klim Tyugaev davom ettirib qo'yadi. Birinchi bo'lib tajribali Dilshod Irsaliev gol urib jamoadoshlarini oldinga olib chiqqan bo'lsada, keyinchalik raqiblar ikkita gol bilan javob qaytardi. Siz o'ylagandek Tayebi yoki Tavakkolilarning bizga tishi o'tmadi desak o'rinli bo'ladi. Haydari va Keshovarzlarning kiritgan to'pi Eronga navbatdagi chempionlikni olib bergandi. Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi esa muxlislar qalbidan chuqur joy olgandi. O'sha Osiyo chempionati va erishilgan ajoyib natija Jahongir Usmonov boshchilik qilgan O'zbekiston futzal Associaciyasining ulkan yutug'i edi. Kolumbiyadagi mundial esa umuman boshqa tarix. Bu haqda alohida to'xtalamiz.

Final.
O'zbekiston – Eron – 1:2
Gollar
: Dilshod Irsaliev 6, - Bahadori, Keshovarz.





Toshkentdagi Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilgan futzalchilar ro'yxati: 1. Rustam Umarov, 12. Akmal Xazratqulov, 13. Klim Tyugaev, 7. Dilshod Rahmatov, 8. Farhod Abdumavlonov, 11. Artur Yunusov, 14. Konstantin Sviridov, 2. Dilshod Irsaliev, 3. Nodir Eliboev, 4. Feruz Fahriddinov, 5. Davron CHoriev, 6. Javlon Anorov, 9. Andrey SHlyoma, 10. Jamoliddin SHaripov.





Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Foto: Tolibjon Qosimov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика