So’nggi yangiliklar

13:09"Милан" устози билан уришиб қолган ҳимоячи жамоани тарк этади  5 12:48"Насаф" Комилов билан хайрлашди  4 12:41Фарғона ҳокими Қиргулидаги "Нефтчи" қароргоҳида бўлди  1 12:03Трансфер тақиқи жорий этилгунга қадар рўйхатдан ўтказилган "Нефтчи" футболчилари жамоада ўйнай оладими? Алишер Никимбаев вазиятга ойдинлик киритди  14 11:17Фарғона вилояти ҳокими «Қўқон 1912» футбол клуби марказий ўйингоҳида олиб борилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишди  3 10:54Goal қуръадан кейин ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини янгилади  30 10:30Бугун қуръа. У қандай тартибда ўтади?  10 10:23«Манчестер Юнайтед» 17 ёшли бола учун 60 миллион тўлашга рози бўлди  5 09:51«Лион»нинг асосий футболчиси Саудиянинг 2-лигасига йўл олди  0 09:22Кевин де Брюйненинг келажаги маълум  2 08:55Шомуродов ҳеч қаерга кетмайди  31 08:29Расман. «Ал Насср»дан сўнг «Ал Аҳли» ҳам йирик трансферни амалга оширди  2 08:06Sofascore. Шукуров шериклари орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  4 07:39Ўзбекистон кубоги март ойида старт олади  1 01:50"Милан" ва "Фейеноорд" келишувга эришиш арафасида  3

Futboldagi jentlmenlik. Kim, aslida, haq edi yoxud PFLning reglamenti nima deydi? Yangiliklar

Futboldagi jentlmenlik. Kim, aslida, haq edi yoxud PFLning reglamenti nima deydi?

"Championat.asia"da ketma-ket ikki kun davomida "Bunyodkor" va "Navbahor" rahbarlari bilan interyular elon qilindi.

Unda asosan "Bunyodkor" klubi futbolchisi Farhod Mirahmatovning transferi haqida so'z borgan. 

"Bunyodkor" jamoasi bosh direktori Ulug'bek Mirzaevning takidlashicha, Mirahmatov bilan shartnomani rasmiylashtirishning dastlabki kunlarida uning Namangan jamoasiga qarshi o'yinlarda maydonga tushmasligi to'g'risida hech qanday band yo'q edi. Lekin, transfer oynasining so'nggi kunlarida narigi tomon bitimga shunday band kiritgan, yani Farhod "Bunyodkor" libosida "Navbahor"ga qarshi Superliga yoki mamlakat kubogi doirasida o'ynasa, Toshkent klubi 100 mln so'm to'lab beradi

"Bu shartga norozi bo'lsak-da, transfer oynasining oxirgi kuni bo'lgani uchun ijara shartnomasini imzolashga majbur bo'ldik. O'zPFL reglamentida esa futbolchi ijaraga berilgan klubida eski jamoasiga qarshi o'yinlardagi ishtirokini taqiqlash man qilingan. "Navbahor" bu qoidani ustalik bilan chetlab o'tdi. Yani, hech narsani taqiqlamadi, shunchaki to'lov joriy qildi", — deya qo'shimcha qilgan Mirzaev. 

Namanganliklar jamoasi prezidenti Otabek Samatovning aytishicha, Mirahmatovning transferi bo'yicha hech qanday adolatsizlik bo'lmagan. Barchasi o'zaro kelishuv asosida amalga oshirilgan.

"Axir biz futbolchimizni tekinga berdik-ku, shartnoma imzolashdan avval rozi bo'lib, endi ommaga bu noto'g'ri, jentlmenlikmas, deyish jentlmenning gapimi? Bir tiyin pul to'lamasdan futbolchi olgandan keyin yana bizga qarshi o'yinga qo'yamiz deyish jentlmenlikka kiradimi? Mayli, bizga qarshi o'ynatsin, lekin shartnomada bu borada tegishli band kiritilgan va unga amal qilish kerak. Vaziyat shunchalikka borar ekan, nega etirozlarini shartnoma imzolayotganda aytishmagan? Bugungi kunda “Navbahor” faoliyati har taraflama halollik principlariga asoslangan va tabiiyki, adolatsizlik bo'lishiga yo'l qo'ymaymiz", — deydi Samatov. 

Mayli, jentlmenlikni ham, "Bunyodkor" bir tiyin pul to'lamagani-yu, Mirzaevning shu shartnomaga rozi bo'lganini ham qo'yaturaylik. Meni ko'proq "shartnomada bu borada tegishli band kiritilgan va unga amal qilish kerakligi" haqidagi jumla o'ylantirib qo'ydi. 

PFL hech qachon hozirgidek shaffof ishlamaganini ko'p bora takidlaydigan Diyor Imomxo'jaev 2020 yili o'z kanalida yaqindagina ham ijaraga berilgan futbolchi o'z klubiga qarshi o'yinlarda maydonga tushmasligi kelishib olingani, O'zPFL bunday kelishuvlarni ro'yxatdan o'tkazmaydigan bo'lgani haqida yozgan edi

Kanal-ku mayli, PFLning 2021 yilgi musobaqalar o'tkazish reglamentiga nazar solsak. O'zPFL ro'yxatidan o'tgan futbolchilarning musobaqalardagi ishtirokini tartibga solish to'g'risidagi 12-bobda shu holat bo'yicha aniqlik kiritilgan. 

Unga ko'ra:

12.9. Klub bir klubga bir mavsumning o'zida 2 nafardan ortiq futbolchini ijaraga berishi mumkin emas. SHuningdek, klub bir mavsum davomida umumiy hisobda 6 nafardan ko'p futbolchini o'zi ishtirok etayotgan liganing boshqa klubiga ijaraga berishi mumkin emas. 

12.10. Futbolchi ijaraga berilgan taqdirda u o'zining asl shartnomasi mavjud bo'lgan klubga qarshi maydonga tushishga haqli. Ijara shartnomasi tuzilayotganda mazkur bandga zid keluvchi shart qo'yish taqiqlanadi.

O'zim ham takrorlayman: ijara shartnomasi tuzilayotganda mazkur bandga zid keluvchi shart qo'yish taqiqlanadi

Farhod Mirahmatov "Bunyodkor" safida "Navbahor"ga qarshi o'ynasa Toshkent klubining 100 mln so'm to'lab berishi bu yuqoridagi bandga zidmi? Yoki bu Ulug'bek Mirzaev aytganidek, "Navbahor" bu qoidani ustalik bilan chetlab o'tdimi? Yani, hech narsani taqiqlamadi, shunchaki to'lov joriy qildi.

PFL qanday qilib bu transferni ro'yxatdan o'tkazgani qiziq. Va umid qilamizki yaqin orada bu savollarimizga javob olamiz. 

Agar chindan ham bu reglamentga zid bo'lmasa unda Samatov aytganidek "shartnoma imzolashdan avval rozi bo'lib, endi ommaga bu noto'g'ri, jentlmenlikmas, deyish jentlmenning gapimi?". 

P.S.: shunday intervyularni tashkillashtirgan Fahriddin Ro'ziev malades! Agar PFL rahbari yoki matbuot xizmati bu holatga izoh berib, shartnomani men (va balki boshqalar ham) tushunmagan jihatlarini tushuntirishsa ular ham malades! Bundan esa faqat umid qilamiz...

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика