So’nggi yangiliklar

09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  0 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   1 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мариа терма жамоа билан хайрлашди  3 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  0 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  10 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  6 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  6 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  11 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  18 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  21 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4

Futbolchining eng yaxshi do'sti: Jahonning eng nufuzli agentliklari Yangiliklar

Futbolchining eng yaxshi do'sti: Jahonning eng nufuzli agentliklari

Teglar :  AgentAgentlik
Futbolni hozirgi kunda faqat sportga oid deb bo'lmaydi.

Bugun bu o'yin katta daromad manbaiga aylanib qolgan. Zamonamizda futbol agenti - har qanday klub eshiklarini ochib beruvchi, futbolchining eng yaxshi do'sti hisoblanadi. Ko'p holatlarda o'yinchining kelajagi agentga bog'liq bo'lib qoladi.  Etiboringizga dunyoning eng muvaffqiyatli va qiziqarli agentlari hamda agentliklarini taqdim etamiz.

"Mondial Sport Management & Consulting Sarl"

Futbolchilar soni: 78

Umumiy narxi: 880,25 mln. evro

Bugungi kunda jahonning eng mashhur futbol agentliklaridan biri "Mondial Sport Management & Consulting Sarl" hisoblanadi. Kompaniyani bugungi kunda o'z ishining ustalaridan biriga aylangan nemis agenti Konstantin Dumitrasku yaratgan. Kompaniya har qanday futbolchi bilan ishlayvermaydi va shu sababli ham mashhur. 78 futbolchi - "MSM & CS" aynan shuncha futbolchi bilan ishlaydi. Ularning 70%dan ko'prog'i Evropada mashhurlikka erishgan, qolganlari esa yosh. "MSM & CS" murabbiylar bilan ham ishlaydi va hozirda ular Slaven Bilich, Dunga hamda Ziko bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan.

Mashhur mijozlari:

  • Edinson Kavani
  • Felipe Koutino
  • Duglas Kosta
  • Nemanya Matich
  • Dimitri Paye
  • Ngolo Kante
  • Riyad Marez
  • Rafael Varan
  • Fernandino
  • Olive Jiru

"Gestifute" (Jorje Mendesh)

Futbolchilar soni: 90

Umumiy narxi: 630,68 mln. evro

Portugaliya futbol agentligi "Gestifute" 1996 yildan beri mavjud. Kompaniya rahbari matbuot orqali tranferlarga qiziqish uyg'ota oladigan va juda yirik shartnomalar tuzishga qodir Jerje Mendeshdir. Hozir Mendesh jahonning eng nomdor agentlaridan biri hisoblanadi. "Gestifute" jahonning eng yaxshi futbolchisi Krishtianu Ronaldu va zamonamizning boshqa mashhurlari bilan ishlaydi. Mendesh bilan hamkorlik qilayotganlar orasida murabbiylar ham bor: Joze Mourino, Paulu Fonseka ("SHaxtyor"), Mark Vilmots, Nunu Espirito Santo ("Portu").

Mashhur mijozlari:

  • Krishtianu Ronaldu
  • Xames Rodriges
  • Anxel Di Mariya
  • Diego Kosta
  • Vilyam Karvalyu
  • Andre Gomesh
  • Renatu Sanshesh
  • Tyago Silva
  • Falkao
  • Elyakim Mangalya
  • Esekel Garay


"Stellar Football Ltd"

Futbolchilar soni: 99

Umumiy narxi: 356 mln. evro

Yana bir qiziqarli agentlikning tomirlari Germaniyada, ammo ular asosan britaniyalik futbolchilar bilan ishlashadi. Kompaniyani Devid Manassi va Jonatan Barnettlar boshqaradi. "Stellar Football Ltd" murabbiylar bilan hamkorlik qilmaydi, faqat futbolchilar. Ularning eng mashhur ishi Garet Beylning "Real"ga o'tishi bo'lgan.

Eng mashhur mijozlari:

  • Garet Beyl
  • Gjegoj Krixovyak
  • Lyuk SHou
  • Jo Xart
  • Gulf Sigurdsson
  • Deni Drinkuoter

Mino Rayola

Futbolchilar soni: 51

Umumiy narxi: 290,80 mln. evro

Mavsumlar oralig'idagi transfer oynasida ovoza bo'lgan gollandiyalik agent Mino Rayolani ro'yxatga qo'shmasak adolatsizlik bo'lar edi. Yozda Rayola o'zining uch mijozini "Manchester Yunayted"ga o'tkazdi. Feli og'ir bo'lgan Rayola juda yaxshi ishlaydi va yozning o'zida 160 mln. evrolik transferlarni amalga oshirdi.

Eng mashhur mijozlari:

  • Pol Pogba
  • Romeu Lukaku
  • Genrix Mxitaryan
  • Bles Matyuidi
  • Zlatan Ibragimovich
  • Mario Balotelli


"ROGON SPORTMANAGEMENT GMBH & CO. KG"

Futbolchilar son: 86

Umumiy narxi: 263,90 mln. evro

Ushbu mashhur nemis kompaniyasi asosan yosh va iqtidorli Bundesliga futbolchilari bilan ishlaydi. Ammo ularning orasida yoshi kattalari ham mavjud. Maslan, ayni damda murabbiy vazifasini izlayotgan 47 yoshli xorvatiyalik Andrea Panadich RSG mijozi hisoblanadi.

Eng mashhur mijozlari:

  • Roberto Firmino
  • Yulian Draksler
  • Rikardo Rodriges
  • Luis Gustavo
  • Mario Fernandes
  • Rafinya

"MJF Publicidade e promocoess"

Futbolchilar soni: 35

Umumiy narxi: 196,68 mln. evro

MJF Braziliya futbol agentligi so'nggi yillarda eng katta daromad topayotganlardan biri hisoblanadi. O'z mijozini reklama qilib, uni katta mablag'ga pullay oladiganlar Xuan Figer va Vagner Ribeyrodir. Bu agentlikning mijozlari asosan lotin amerikalik futbolchilardir.

Eng mashhur mijozlari:

  • Neymar
  • Lukas
  • Xalk
  • Marlos

"ProStar"

Futbolchilar soni: 173

Umumiy narxi: 145,13 mln. evro

MDHdagi eng mashhur agentlik "ProStar" kompaniyasidir. Ushbu kompaniya asosan sobiq sovet mamlakatlarining futbolchilari bilan ishlaydi. Agentlikning eng mashhur mijozi Andrey Yarmolenkodir.

Eng mashhur mijozlari:

  • Andrey Yarmolenko
  • Yaroslav Rakickiy
  • Taras Stepanenko
  • Viktor Kovalenko
  • Sergey Sidorchuk
  • Andrey Pyatov
  • Evgeniy Seleznev
  • Aleksandr Gladkiy
  • Filipp Budkovskiy
  • Denis Boyko


Pere Gvardiola

Futbolchilar soni: 3

Umumiy narxi: 122 mln. evro

Futbol agentlari orasida Pere Gvardiola ham ancha mashhur hisoblanadi. Pere - Xosep Gvardiolaning ukasi va akasining agenti. Futbolchilar orasida u 3 mijoz bilan ishlaydi - Luis Suares ("Barselona"), Tyago Alkantara ("Bavariya") va yosh markaziy hujumchi Nestor Sanches ("Las-Palmas").

Eng mashhur mijozlari:

  • Luis Suares
  • Tyago Alkantara

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика