So’nggi yangiliklar

16:20"Пахтакор"нинг рақиби "Ал Райян" ҳақида нималарни билишимиз керак?  0 15:55ПРО-Лига. "Машъал" – "Бухоро" (онлайн натижа)  1 15:52"Бавария" Бундеслиганинг иккинчи тўпурарини ҳам ўз сафида кўрмоқчи   0 15:35ПРО-Лига. "Арал" - "Шўртан" (Онлайн натижа)  3 15:16Эшитдик-да! "Навбаҳор" футболчилари ҳам 3 ойдан бери маош олишмаяпти  8 13:17Неймар жароҳати ҳақида: "Шифокорлар мени огоҳлантиришганди"  2 12:49Анчелотти: "Реал" ўзининг "Олтин тўпини" 1 июнь куни ютиб бўлган"  7 12:25"Ал Райян" бош мураббийи ўтган мавсум ўзбек клуби сабабли ОЧЛдан қуруқ қолган эди  4 12:00ПРО-Лига. Бугун етакчилар жанги гувоҳи бўламиз  3 11:45"Насаф"ни чемпион қилган ўйинлар  10 11:22Рой Кин: "Манчестер Юнайтед" — шунчаки ўртамиёна клуб"  3 10:50Мареска: "Челси" АПЛнинг энг кучли таркибларидан бирига эга"  1 10:23Слот: "Салоҳнинг ўйинида пасайиш кутманг"  3 09:56"Арсенал" Муҳаммад Қуддусни сотиб олмочқи   2 09:28Мората Ямални Месси ҳамда Роналдуга солиштирди  14

Futbolchi, hakam, murabbiy – 65 yoshda Yangiliklar

Futbolchi, hakam, murabbiy – 65 yoshda

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari, qolaversa Respublikamizning ko'pgina muxlislari Viktor Giergievich Aleshnikovni yaxshi bilishadi va hurmat qilishadi.
Negaki, mana qariyib 45 yildan buyon bu insonning hayoti millionlar o'yini – futbol bilan chambarchas bog'liq.

Bugungi hikoyamiz qahramoni Viktor Aleshnikov 1949 yilning 26 iyun sanasida Rossiyaning Xabarovsk o'lkasi, Olsk tumani Magadan shahrida tavallud topdi. 1956 yildan etitboran u serquyosh O'zbekistonda istiqomat qilib kelmoqda. Yoshligidan sportning og'ir atletika va kurash turlariga qiziqsa-da, oxir-oqibat futbol hayotida muhim o'rin egalladi va u hozirga qadar o'zi sevgan sohaga sadoqat bilan xizmat qilib kelmoqda.

Futbolga u ham barcha bolalar qatorida maktab davridayoq qiziqdi. Yangiboy Imomov birinchi murabbiyi bo'ldi. Katta futboldagi faoliyatini o'smirlik davrida “Paxtakor” (Jarqo'rg'on) jamoasidagi o'yinlari bilan boshladi. Harbiy xizmatni o'tash davrida sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida qatnashgan “CHkalovec” (Novosibirsk) jamoasida to'p surdi. Xizmatdan qaytgach, u bolalar bilan ish olib borishni maqul topdi. 1977 yili fidokorona mehnatlari uchun Aleshnikov Respublika “Paxtakor” sport jamiyatining “Eng yaxshi bolalar murabbiyi” faxriy yorlig'i va medali bilan taqdirlandi. O'tgan yillar davomida u Aleksandr Yarcev, Sergey Tertichniy, Albert Caraev, Otabek SHomurodov, Bahodir Annamatov kabi el tanigan istedodli futbolchilarni ustoz sifatida kamolga etkazdi.

1978 yildan etiboran bugungi qahramonizning hayotida yangi sahifa ochildi. Viktor Aleshnikov futboldagi o'zining hakamlik faoliyatini boshladi. To'rt yil davomida O'zbekiston birinchiligi o'yinlarini boshqardi. 1982 yildan boshlab esa sobiq Ittifoq chempionati uchrashuvlariga taklif qilindi. Oradan bir mavsum o'tib, 1989 yili Aleshnikovga Respublika toifasidagi hakam unvoni berildi. Hakamlikda u Gali Imamov, Radik Serazitdinov, Viktor Enns, Aleksandr Pivovarov, Rashid Aytekov, Noil Lutfulin, Dmitriy Roman, Evgeniy Volnin kabi kuchli mutaxassislar bilan birga ish olib bordi. 1994 yili – 45 yoshga to'lganida hakamlik nizomiga ko'ra bu sohadagi faoliyatini yakunladi.  SHundan so'ng, Viktor Georgievich professional futbol klublarida mehnat qilishni boshladi: “SHo'rchi” (SHo'rchi, 1995-96-97-98-99, 2005-2006 yiilar), “Surxon” (Termiz, 2004 yil), “Mashal” (Muborak, 2007 yil) va “SHo'rtan” (G'uzor, 2000-01-02-03 yillar va 2008 yildan toki hozirga qadar) klublarida murabbiy, katta murabbiy va hatto bosh murabbiy lavozimlarida faoliyat ko'rsatdi. Hozirda o'z ishiga, kasbiga fidoyi bo'lgan bu inson “SHo'rtan” PFKda horma-tolmay mehnat qilib kelmoqda.

Ayni bugun - o'zining qutlug' 65 yoshini qarshi olayotgan Viktor Georgievich Aleshnikovni “SHo'rtan” professional futbol klubi rahbariyati, xodimlari, hamkasblari, do'stlari va shogirdlari samimiy qutlashadi. Unga uzoq-umr, sihat salomatlik tilab qolishadi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика