Futbol TV shou-biznes kanaliga aylanadi
30 noy 2022 17:06
Yangiliklar


Futbol TV shou-biznes kanaliga aylanadi
Futbol TV telekanali rebrending qilindi va endi u FTV deb nomlanadi.
"1 dekabrdan boshlab ushbu telekanalda o'zbek, rus, turk va jahon estradasi yulduzlari ishtirokidagi top-kliplar, sport, kino, ko'ngil-ochar ko'rsatuvlar, qaynoq xit-parad va premeralar namoyish etiladi", – deyiladi Futbol TV telegram kanalida.
Eslatib o'tamiz, Futbol TV ushbu mavsumda birorta futbol musobaqasi translyaciya huquqini sotib ololmadi. SHu paytga qadar telekanalda o'tgan mavsum uchrashuvlari hamda OCHL, OFK Kubogi va Pro liga bahslari namoyish qilib kelinayotgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar