"Inter" o'z nomi va logotipini o'zgartirishni rejalashtirmoqda

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2021
Milanning "Inter" klubi rahbariyati bahorda rebrendingni amalga oshirmoqchi, deb yozmoqda Football Italia.

Manbaga ko'ra, "neradzurrilar" nomi va logotipi mart oyida o'zgartiriladi.

"Inter"ning rasmiy nomi "Football Club Internazionale Milano"dan "Inter Milano"ga qisqartiriladi.

Emblemada sezilarli o'zgarishlar yuz berib, I va M harflari atrofida rivojlantiriladi.

"Inter" "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alaba tufayli A Seriya yetakchisi "Milan" bilan ochkolar bo'yicha tenglashib oldi, ammo raqobatchida zaxira o'yini mavjud.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia